Toshkent aeroportida navbatsiz o‘tish uchun pulli xizmat ishga tushdi

© Foto: Uzbekistan AirportsV aeroportu Tashkenta zapushena usluga Fast Track
V aeroportu Tashkenta zapushena usluga Fast Track - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Xizmat yo‘lovchilarga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish imkonini beradi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi “Fast Track” xizmati ishga tushirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Xizmat yo‘lovchilarga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish imkonini beradi.
“Fast Track” xizmatidan foydalanish uchun yo‘lovchi jo‘nash terminalidagi ma’lumot burchagiga murojaat qilishi kerak.
© Foto: Uzbekistan AirportsV aeroportu Tashkenta zapushena usluga Fast Track
V aeroportu Tashkenta zapushena usluga Fast Track - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
V aeroportu Tashkenta zapushena usluga Fast Track
To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng aeroport xodimi yo‘lovchini maxsus “koridor” bo‘ylab “steril” zonagacha kuzatib boradi va u yerdan yo‘lovchi mustaqil ravishda bortga chiqadi.
Ushbu xizmatining narxi 170 ming so‘m. Shuningdek, oila a’zolari bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun “Oilaviy” paket ham mavjud.
Ma’lumot uchun, ushbu xizmat dunyodagi ko‘pgina aeroportlarda joriy etilgan. Undan navbatga vaqt yo‘qotishni istamagan yo‘lovchilar foydalanadi.
Yangiliklar lentasi
0