https://sputniknews-uz.com/20220525/toshkentda-shht-davlatlari-ekologiya-vazirlari-yigilishi-bolib-otadi-24801255.html
Toshkentda SHHT davlatlari ekologiya vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi
Toshkentda SHHT davlatlari ekologiya vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi
27 may kuni Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. 25.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-25T18:45+0500
2022-05-25T18:45+0500
2022-05-25T18:45+0500
madaniyat
toshkent
toshkentda shht sammiti
oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/12/20950033_0:73:1000:636_1920x0_80_0_0_04c6317dbf4d35f56552ad761b21e6c5.jpg
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. 27 may kuni Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Uchrashuv gibrid formatda oʻtkaziladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Shuningdek, atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishini yumshatish, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq chiqindilarni boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi dolzarb yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan oʻzaro fikr almashadi.Uchrashuv yakunlari boʻyicha ekologik axborot almashish boʻyicha SHHTning yagona platformasini birgalikda yaratish dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda.Eslatib oʻtamiz, SHHTga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi 2019 yil 2 sentyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtgan edi.SHHTGa aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining ikkinchi yigʻilishi esa 2021 yil 29 iyulda Dushanbe shahrida tashkil etilgan.Maʼlumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot boʻlib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik va qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/12/20950033_28:0:973:709_1920x0_80_0_0_ce3d6118b2c6fcb576c53b75bcc3b27b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent, toshkentda shht sammiti, oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Toshkentda SHHT davlatlari ekologiya vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi
27 may kuni Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. 27 may kuni Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Uchrashuv gibrid formatda oʻtkaziladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida SHHTga aʼzo sakkiz davlat delegatsiyalari va ekspertlari zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishini yumshatish, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq chiqindilarni boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi dolzarb yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan oʻzaro fikr almashadi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ekologik axborot almashish boʻyicha SHHTning yagona platformasini birgalikda yaratish dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, SHHTga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi 2019 yil 2 sentyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtgan edi.
SHHTGa aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining ikkinchi yigʻilishi esa 2021 yil 29 iyulda Dushanbe shahrida tashkil etilgan.
Maʼlumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot boʻlib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.
2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik va qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.