Dunyoda

Xitoy Yevropadagi oziq-ovqat inqirozi sabablarini aytdi

© Sputnik / Vitaliy TimkivUborka urojaya
Uborka urojaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, hozir oʻgʻit va uning savdosi bilan bogʻliq muammo hal etilmasa, kelgusi yili dunyo oziq-ovqat tanqisligini sezadi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Ukrainadagi vaziyat va Gʻarbning Rossiyaga qarshi sanktsiyalari Yevropadagi eng yirik oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqardi, deya yozadi Xitoyning "Sinxua" nashri.
Taʼkidlanishicha, hozir Rossiya va Belarusdan oʻgʻit sotib olish cheklangan. Shuningdek, Rossiya va Ukraina hududidan gʻalla va makkajoʻxori eksporti toʻxtatib qoʻyilgan. Shu bois narxlar osmonga chiqib ketgan.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bosh iqtisodchisi Maksimo Torreyroning soʻzlariga koʻra, agar hozir oʻgʻit va uning savdosi bilan bogʻliq muammo hal etilmasa, kelgusi yili dunyo oziq-ovqat bilan taʼminlashning juda jiddiy muammosiga duch keladi.
Avvalroq Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaga qarshi Gʻarb sanktsiyalari dunyoda energetika, logistika, oziq-ovqat va boshqa inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0