Iqtisod

Xitoy Oʻzbekistondagi ijtimoiy loyihalarga mablagʻ yoʻnaltiradi

© MIVTUzbekistan i Kitay podpisali soglasheniye na $ 37 mln.
Uzbekistan i Kitay podpisali soglasheniye na $ 37 mln. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bitim doirasida Xitoy Oʻzbekistondagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar uchun 37 million dollar yoʻnaltiradi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik.Oʻzbekiston va Xitoy Hukumatlari oʻrtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Ushbu bitim Oʻzbekistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar (250 mln yuan) miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
“Bugungi kungacha ikki mamlakat oʻrtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq va suv xoʻjaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Hujjat vazirning birinchi oʻrinbosari va Xitoy elchisi Tszyan Yan tomonidan imzolandi.
Maʼlumot uchun, 2022 yilning birinchi choragi koʻrsatgichlariga koʻra, Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoridir. Oʻzbekiston tashqi savdosining 18,1 % ($ 3,1 mlrd) - Xitoy ulushi.
Yangiliklar lentasi
0