“Chorvoq-Chimon” turistik zonasida FVV Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi tashkil etildi

© Sputnik / Anna JelixovskayaTe otdixayushie, kto vse je risknul otpravitsya na Charvak, budut voznagrajdeni prekrasnimi vidami i otnositelnim spokoystviyem na plyaje
Te otdixayushie, kto vse je risknul otpravitsya na Charvak, budut voznagrajdeni prekrasnimi vidami i otnositelnim spokoystviyem na plyaje - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna bo‘lish
Boshqarmaning asosiy vazifasiga “Chorvoq-Chimon” erkin turistik zonasiga tashrif buyuradigan sayyohlarning xavfsiz dam olishini ta’minlash kiradi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan“Chorvoq-Chimon” yirik turistik zonasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi tashkil etildi. Bu haqda AOKAdagi brifingda FVV matbuot kotibi o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ma’lum qildi.

“Hududlarda turistik zonalar yaratilishi natijasida sayyohlar oqimining ko‘payishi va favqulodda vaziyatlar ko‘rsatkichlarining o‘sishi ehtimoli borligini inobatga olib, taraqqiyot strategiyasi doirasida “Chorvoq-Chimon” yirik turistik zonasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in – qutqaruv bo‘linmalari negizida Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarma tashkil etildi”, - dedi Samandar Hikmatullayev.

Mazkur boshqarmaga Bo‘stonliq tumanidagi yong‘in-qutqaruv qismlari biriktirilib “Chorvoq” otradi tashkil etilgan, “Chimon” otradi kuchaytilirgan, targ‘ibot bo‘limlari tuzilgan.
Boshqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilardan iborat:
“Chorvoq-Chimon” erkin turistik zonasiga tashrif buyuradigan sayyohlarning xavfsiz dam olishini ta’minlash.
“Xavfsiz turizm” masalalarini rivojlantirib, o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish.
Davlat yong‘in nazorati inspektorlari tomonidan hududdagi aholi turar uy-joylari va obyektlarda profilaktik tadbirlarni olib borish.
Zamonaviy texnikalardan hududda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yirik va o‘ziga hos yong‘inlarni samarali hamda tezkorlik bilan bartaraf etishdir.
“Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmon va sayyohlarga xavfsiz turizmni ta’minlashda FVV vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan”, - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0