https://oz.sputniknews-uz.com/20220526/dorivor-osimliklarning-yangi-plantatsiyalari-barpo-etilmoqda-24808230.html
Dorivor oʻsimliklarning yangi plantatsiyalari barpo etiladi
Dorivor oʻsimliklarning yangi plantatsiyalari barpo etiladi
Oʻzbekistonda 4984 gektar maydonda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etiladi. 26.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-26T09:59+0500
2022-05-26T09:59+0500
2022-05-26T11:12+0500
iqtisod
prezident
prezident farmoni
dorivor oʻsimliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/0e/22723953_0:511:2731:2047_1920x0_80_0_0_56670b92f50685b85f321559ad3a696c.jpg
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Shu yilning oʻzida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 4984 gektar maydonda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etiladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Dorivor oʻsimliklar yetishtirish va qayta ishlash markazi direktori Gʻayrat Joʻrayev maʼlum qildi.Aytilishicha, 8555 tonna dorivor oʻsimliklar xom-ashyosini tayyorlash ham rejalashtirilgan.Shuningdek, yangi Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etildi. Tuman hokimlarining qarorlari bilan yangi tashkil etilgan Gʻallaorol ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligiga 37870 gektar, Kogonga 1000 gektar hamda Urgutga 10577 gektar yer maydonlari ajratilib berildi.Maʼlumot uchun, hozirgi kunda Respublikada 120 turdan ortiq dorivor oʻsimliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan. Oʻsimliklar tabiiy holda yigʻib olinadi va madaniy holda oʻrmon fondi yerlarida yetishtiriladi. Prezidentning PF-139-sonli farmoniga muvofiq, 2022 yildan 2026 yilgacha 36 ming gektar maydonda yangi dorivor oʻsimliklar qizilmiya, zaʼfaron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, naʼmatak, ravoch, mavrak, dalachoy, togʻrayhon, boʻymadaron, kiyik oʻti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari tashkil etiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/0e/22723953_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_6d4b2ba7cdaabeea2b817d54dea5c7ed.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
prezident, prezident farmoni, dorivor oʻsimliklar
Dorivor oʻsimliklarning yangi plantatsiyalari barpo etiladi
09:59 26.05.2022 (yangilandi: 11:12 26.05.2022) Oʻzbekistonda 4984 gektar maydonda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etiladi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Shu yilning oʻzida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 4984 gektar maydonda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etiladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Dorivor oʻsimliklar yetishtirish va qayta ishlash markazi direktori Gʻayrat Joʻrayev
maʼlum qildi.
Aytilishicha, 8555 tonna dorivor oʻsimliklar xom-ashyosini tayyorlash ham rejalashtirilgan.
“Qoʻmita tizimdagi 54 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 195,1 gektar maydonda 8 turdagi (lavanda, rozmarin, mavrak, timyan, godji va boshq) noyob dorivor oʻsimliklarning tajriba plantatsiyalari barpo etildi”, deydi Gʻayrat Joʻrayev.
Shuningdek, yangi Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etildi. Tuman hokimlarining qarorlari bilan yangi tashkil etilgan Gʻallaorol ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligiga 37870 gektar, Kogonga 1000 gektar hamda Urgutga 10577 gektar yer maydonlari ajratilib berildi.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda Respublikada 120 turdan ortiq dorivor oʻsimliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan. Oʻsimliklar tabiiy holda yigʻib olinadi va madaniy holda oʻrmon fondi yerlarida
yetishtiriladi. Prezidentning PF-139-sonli farmoniga muvofiq, 2022 yildan 2026 yilgacha 36 ming gektar maydonda yangi dorivor oʻsimliklar qizilmiya, zaʼfaron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, naʼmatak, ravoch, mavrak, dalachoy, togʻrayhon, boʻymadaron, kiyik oʻti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari
tashkil etiladi.