Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam puli beriladi - prezident qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna bo‘lish
Nafaqaxo‘rlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik yordam puli va moddiy yordam ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 26-may - Sputnik. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bir martali yordam puli beriladi. Bu haqida 25-may kuni imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Xususan q uyidagi toifalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:
Viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 300 ming so‘mdan;
Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan.
b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan.
Bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.
Tegishli markaziy va mahalliy boshqaruv organlari, banklar ushbu qarorda belgilangan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarining ikki hafta muddatda to‘liq to‘lanishini ta’minlasin.
Ushbu bir martalik moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolar to‘lanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1-sentabrga qadar olish huquqiga ega.

Boshqa moddiy yordam

Undan tashqari ushbu qaror bilan quyidagi toifalarga bepul un tarqatish ham belgilangan.
a) “Temir daftar”ga kiritilgan va hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan.
b) ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatishni yoki naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib borishni ta’minlasin.
Yangiliklar lentasi
0