Dunyoda

“Oʻlim ajdahosi”: Argentinada ulkan uchar sudralib yuruvchining qoldiqlari topildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSkelet drevnego yaщera
Skelet drevnego yaщera - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Argentinalik olimlar 86 million yil avval dinozavrlar bilan birga yashagan “Oʻlim ajdahosi” deb nomlangan ulkan uchar reptiliyaning yangi turini aniqladi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Argentinada avtobus kattaligidagi ulkan uchar sudralib yuruvchi (reptiliya)ning toshga aylangan qoldiqlari topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Argentinalik olimlar 86 million yil avval dinozavrlar bilan birga yashagan “Oʻlim ajdahosi” deb nomlangan ulkan uchar reptiliyaning yangi turini aniqladi.
Tadqiqotchilarga koʻra, qadimiy uchar reptiliya yoki pterozavr yangi namunasining qanotlari uzunligi 9 metr (30 fut)ga teng. Ular hozirgi qushlarning qadimgi davrlardagi ajdodlari boʻlgan va Yer yuzida ov qilish uchun oʻz qanotlarini ishlatgan ilk mavjudotlardan biri hisoblanadi.
Paleontologlar jamoasi qoldiqlarni Argentina gʻarbidagi Mendosa viloyatida joylashgan And togʻlarida aniqlagan. Reptiliya qoldiqlari saqlanib qolgan qoyalar 86 million yillik tarixga ega boʻlib, boʻr davriga tegishlidir.
Taxminiy sana shuni koʻrsatadiki, ushbu qoʻrqinchli mavjudotlar bundan 66 million yil avval hozir Meksikaning Yukatan yarim oroli joylashgan joyga yashab oʻtgan.
Loyiha rahbari Leonardo Ortisning soʻzlariga koʻra, bunday qoldiqlar ilgari hech aniqlanmagan, shu sababli ushbu turga Thanatosdrakon Amaru (Oʻlim ajdahosi) nomi berilgan. Unga koʻra, bunday nom juda mos keladi, chunki sudraluvchi qoʻrqinchli koʻrinishga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
“Bizda bu hayvonlarga oʻxshash tana oʻzgarishlariga ega boʻlgan yaqin qarindoshlar haqida hozircha maʼlumot yoʻq”, - deydi Ortis.
Yangiliklar lentasi
0