O‘zbekiston futzal jamoasining Osiyo kubogi-2022 final bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futzalu
Sbornaya Uzbekistana po futzalu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna bo‘lish
Terma jamoa Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda B guruhidan joy oldi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Quvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra Bahodir Ahmedov shogirdlari “B” guruhidan joy oldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda B guruhidan joy oldi.
Qur’a natijalari: (Final bosqich)
“A” guruhi
Quvayt,
Iroq,
Tailand,
Ummon,
“B” guruhi
O‘zbekiston,
Bahrayn,
Tojikiston,
Turkmaniston,
“S” guruhi
Eron,
Livan,
Xitoy Taypeyi,
Indoneziya,
“D” guruhi
Yaponiya,
V’etnam,
Janubiy Koreya,
Saudiya Arabistoni.
Yangiliklar lentasi
0