https://oz.sputniknews-uz.com/20220526/parhezshunos-erkaklar-uchun-foydali-nonushtani-aytdi-24825336.html
Parhezshunos erkaklar uchun foydali nonushtani aytdi
Parhezshunos erkaklar uchun foydali nonushtani aytdi
Qanday oziq-ovqatlar nonushta uchun koʻproq foydali? Bu borada parhezshunos salomatlik uchun yengil va foydalilarini maʼlum qildi. 26.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-26T22:17+0500
2022-05-26T22:17+0500
2022-05-26T22:17+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1354/39/13543939_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2acfe4a9a94042b495544d8fdbc1365f.jpg
Nonushta ovqat isteʼmol qilishning eng muhim davri hisoblanadi. Tongda isteʼmol qiladigan mahsulotlarimiz tarkibida barcha asosiy nutriyentlar- oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, shuningdek kletchatka boʻlishi shart deydi shifokor-parhezshunos, gastroenterolog Nuriya Dianova Sputnik radiosiga bergan intervyusida. Tuxum, non va sabzavotlardan foydali va hamyonbop nonushta tayyor boʻlishi mumkin.Parhezshunosning aytishicha, erkaklar uchun eng foydali nonushta dimlab pishirilgan pomidor qoʻshib tayyorlangan omlet boʻlishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, pomidor tarkibidagi likopin moddasi prostata bezi faoliyatiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.Suli boʻtqasi - yana bir foydali mahsulot. Toʻyimli boʻlishi uchun uni mevalar: banan, olma, apelsin yoki pishloq bilan isteʼmol qilish mumkin.Nonushta tayyorlashda dangasalar uchun esa myusli eng yaxshi variant. Tarkibida quritilgan banan, rezavorlar solingan myuslini tanlash kerak. Yogurt, sut, tuxum, pishloq va kletchatka uchun banan bilan isteʼmol qilish mumkin.Parhezshunos qiyomli yormalarni nonushtada isteʼmol qilishni tavsiya qilmaydi. Chunki ular ochlik hissini tez chaqiradi va qonda glyukoza miqdorini oshiradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1354/39/13543939_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_27f354b0c26b5842a8f2992efabe333f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Parhezshunos erkaklar uchun foydali nonushtani aytdi
Qanday oziq-ovqatlar nonushta uchun koʻproq foydali? Bu borada parhezshunos salomatlik uchun yengil va foydalilarini maʼlum qildi.
Nonushta ovqat isteʼmol qilishning eng muhim davri hisoblanadi. Tongda isteʼmol qiladigan mahsulotlarimiz tarkibida barcha asosiy nutriyentlar- oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, shuningdek kletchatka boʻlishi shart deydi shifokor-parhezshunos, gastroenterolog Nuriya Dianova
Sputnik radiosiga bergan intervyusida. Tuxum, non va sabzavotlardan foydali va hamyonbop nonushta tayyor boʻlishi mumkin.
“Agar nonushtada asosiy mahsulot tuxum boʻlsa, bu yaxshi. Chunki u hayvon oqsillarining eng yaxshisi. U tez hazm boʻladi va dengiz mahsulotlari, tvorog va goʻshtga qaraganda ancha hamyonbop. Nonushtada ayollar bitta, erkaklar esa koʻpi bilan ikkita tuxum isteʼmol qilishi mumkin. Shu bilan birga oq emas, balki javdar non isteʼmol qilish lozim. Tuxum bilan sabzavotli turli yengil ovqat yoki salat isteʼmol qilish ham yaxshi. Aytaylik, uyda tayyorlangan lecho, sabzavotlar, tuzlangan karam. Bu ideal va qimmat boʻlmagan nonushta”.
Parhezshunosning aytishicha, erkaklar uchun eng foydali nonushta dimlab pishirilgan pomidor qoʻshib tayyorlangan omlet boʻlishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, pomidor tarkibidagi likopin moddasi prostata bezi faoliyatiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.
Suli boʻtqasi - yana bir foydali mahsulot. Toʻyimli boʻlishi uchun uni mevalar: banan, olma, apelsin yoki pishloq bilan isteʼmol qilish mumkin.
Nonushta tayyorlashda dangasalar uchun esa myusli eng yaxshi variant. Tarkibida quritilgan banan, rezavorlar solingan myuslini tanlash kerak. Yogurt, sut, tuxum, pishloq va kletchatka uchun banan bilan isteʼmol qilish mumkin.
Parhezshunos qiyomli yormalarni nonushtada isteʼmol qilishni tavsiya qilmaydi. Chunki ular ochlik hissini tez chaqiradi va qonda glyukoza miqdorini oshiradi.