Kolumnistlar

Rossiya va Xitoy AQShga soʻnggi ogohlantirish yubordi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishStrategicheskiy bombardirovщik-raketonosets Tu-95MS na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve
Strategicheskiy bombardirovщik-raketonosets Tu-95MS na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya va Xitoy strategik bombardimonchi samolyotlarining Tinch okeani uzra qoʻshma jangovar patruli 24 may kuni AQSH, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya prezidentlarining Tokiodagi uchrashuviga toʻgʻri kelgani bejiz emas, deb hisoblaydi harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenko.
Vashingtonning harbiy-siyosiy keskinlik va mintaqaviy harbiy mojarolar zonalarini yaratish istagi Rossiya Federatsiyasi va Xitoy mamlakatlari xavfsizligi va suverenitetiga tahdid soladi. Shu bois, Moskva va Pekin AQShning agressiv tashqi siyosatiga birgalikda va barcha vositalar, jumladan, strategik yadro qurollari bilan javob berishga birdek tayyor.
Rossiya Havo-kosmik kuchlari va Xitoy harbiy-havo kuchlarining Tu-95MS va Xun-6K strategik bombardimonchi-raketa tashuvchi samolyotlari 24-may, seshanba kuni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qoʻshma rejali patrul xizmatini oʻtkazdi.
“Strateglar”ni Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyotlari himoyasi ostida parvoz qilgan. Yoʻnalishning maʼlum bosqichlarida Rossiya-Xitoy havo guruhiga Yaponiya va Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlarining F-15 va F-2 samolyotlari hamrohlik qildi.
Raketa tashuvchilar 13 soat ichida Yapon dengizi, Sharqiy Xitoy va Filippin dengizlarini kesib oʻtdi, yaʼni AQSH, Yaponiya va Avstraliya harbiy bazalarida (gipotetik jihatdan yetib borsa boʻladigan - Yokosuka, Guam, Pearl-Harbor, Garden oroli va boshqalar)uzoq masofali qanotli raketalarni uchirish pozitsiyalariga doimiy ravishda kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Rossiyaning Tu-95MS samolyoti bortida 5500 km uzoqlikdagi 16 tagacha X-101 yoki X-102 (termoyadroviy kallakli) qanotli raketalar olib yurishga qodir. Dunyoda uning muqobili yoʻq. Jang sharoitida bitta Tu-95MS raketa tashuvchisi havoga qarshi mudofaa zonasiga kirmasdan dushmanning bir nechta harbiy bazalari yoki shaharlarini yoʻq qilishi mumkin.
Xitoyning Xun-6K raketa tashuvchisi 3000 km gacha boʻlgan masofaga oltita CJ-10K (CJ -10A) strategik qanotli raketalarni olib yurishga qodir.
Rossiya-Xitoy havo guruhining umumiy jangovar salohiyati “mobil Armageddon”ga oʻxshaydi.
Rossiya Federatsiyasi va Xitoy raketa tashuvchilari neytral suvlar ustida havo hududidan foydalanishning xalqaro qoidalariga koʻra harakat qildi va boshqa davlatlarning chegaralarini buzmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining taʼkidlashicha, qoʻshma patrullar uchinchi davlatlarga qarshi yoʻnaltirilmagan, Xitoy harbiy idorasi esa bundan koʻzlangan asosiy maqsad Xitoy va Rossiya strategik aviatsiyasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik darajasini oshirish ekanligi deya xabar berdi.

Shunday qilib, texnologik va ixcham tarzda Moskva va Pekin Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi oʻz manfaatlari va imkoniyatlarini belgilab oldi, harbiy operatsiyalarning ehtimoliy teatrini (HOT) baholadi. Bu Rossiya va Xitoy uchun harbiy-siyosiy muammolar yaratishga urinayotgan Vashingtonga maʼlum bir signal boʻldi.

Oq uydagi vahima

Amerikaliklar Rossiya-Xitoy ogohlantirishini oʻz koʻngillariga juda yaqin olgan holda munosabat bildirishdi. AQSH maʼmuriyati yuqori martabali mulozimining Fox News telekanali efirlaridan birida aytishicha, Rossiya va Xitoy prezident Baydenning Sharqiy Osiyoga safari chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi “chegarasiz” strategik sheriklik qanchalar jiddiyligini koʻrsatish uchun “yadro kallakli bombardimonchilarini uchirgan”.
“Rossiya Ukrainaga shafqatsiz munosabatda boʻlsa ham, Xitoy Hind-Tinch okeani mintaqasida Rossiya bilan harbiy hamkorlikni davom ettirmoqda”, - deydi mulozim.
Vashingtonning bayonot berishicha, “AQShning ittifoqchilari va hamkorlarini qoʻrqitishga urinishlar faqat kollektiv qatʼiyatni kuchaytiradi”. Qiziq, Oq uy Moskva va Pekinga qarshi bir qator harbiy tahdidlardan keyin nima kutishgan edi?
AQSH va uning ittifoqchilari qurol, oʻq-dorilar, razvedka maʼlumotlari va “mutaxassislar” bilan taʼminlash bilan Ukraina hududida Rossiya bilan proksi-urush olib bormoqda.
AQSH prezidenti Jo Bayden 23 may kuni, agar Xitoy bostirib kirsa, Amerika armiyasi Tayvanni himoya qilishini aytdi. Va bu Uchinchi jahon urushi sari qadamdir. Eslatib oʻtish joiz, Tayvanning “ajralib ketgan” provintsiyasi XXRning huquqiy va ajralmas qismi hisoblanadi, orol “davlatchilik” sifatida BMTda vakil emas va dunyoning 15 ta davlati tomonidan tan olingan xolos.
Aftidan, Vashington “yagona Xitoy” siyosatiga sodiqdek koʻrinadi, biroq Tayvan hududiy masalasidan Pekinga bosim oʻtkazish uchun foydalanyapti. AQSH Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi vaqtida Kiyev rejimini qurol bilan taʼminlash tajribasini inobatga olgan holda orol aholisini faol ravishda qurollantirmoqda. AQSH Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari, bir nechta raketa uchirgichlari, kemalarga qarshi qurollar va hatto harbiy razvedka vaʼda qilyapti.
Xitoy qurolli kuchlari AQShga “jiddiy ogohlantirish” sifatida Tayvan oroli yaqinidagi suvlarda manevrlar oʻtkazdi.
Avvalroq Xitoy samoletlari Janubiy Xitoy dengizida Amerikaning Theodore Roosevelt aviatashuvchi kemasiga CH-AS-X-13 gipertovushli raketalari bilan 1500 km masofaga zarba berishni mashq qilgan edi.
Va Rossiya-Xitoy strategik raketa tashuvchilar guruhining Tinch okeani ustida paydo boʻlishi tabiiydek. Tajovuzkor provokator qoʻllari va boshidan ham qattiq zarba olishi mumkin.

“Gegemon”ning mintaqadagi toʻpoloni

Toʻrt tomonlama xavfsizlik dialogiga (QUAD- Quadrilateral Security Dialogue) aʼzo davlatlar rahbarlari Tokioda Xitoyning kuchayib borayotgan taʼsiriga qarshi turishni muhokama qilishmoqda. Biroq AQSH sammitdan yangi harbiy koalitsiya tuzishda foydalanmoqda. Uning asosiy maqsadi Hind-Tinch okeani mintaqasida Amerikaning mavjudligini kuchaytirish va har qanday holatda ham Xitoyni “tiyib turish”dir.
Qurolli toʻqnashuvlar ham istisno etilmaydi. Yaponiya, Hindiston va Avstraliya resurslari hisobiga amerikaliklar XXRni iqtisodiy va harbiy-siyosiy “boʻgʻish” tizimini yaʼni “qamal halqasini” tashkil etish niyatida. Shunga oʻxshash Yevropa konfiguratsiyasi - NATO davlatlari va Ukraina - Vashingtonning Rossiyaga qarshi siyosatini amalga oshirish uchun juda samarali vositadir.
Rossiya va Xitoyga qarshi boʻlgan Yaponiya hukumati Amerikaning mintaqadagi manfaatlarini harbiy yoʻl bilan himoya qilishga tayyor.
Avvalroq AQSH Avstraliya bilan uning hududida yangi Amerika harbiy-dengiz va havo bazalarini qurish boʻyicha kelishib olgan edi.
Hindiston AQShning satelliti emas va “katta toʻrtlik”ka oldindan aytib boʻlmaydigan elementni kiritadi, ammo Dehli va Pekin oʻrtasidagi geosiyosiy raqobat QUAD formatidagi hamkorlik uchun asos yaratadi.
“Katta toʻrtlik” kontseptsiyasi “chegara bilmas Xitoy dunyosi” dan farqli oʻlaroq, “ochiq, erkin va xavfsiz” Hind-Tinch okeani mintaqasining “qoidalarga asoslangan” rivojlanishidir.
Xitoy QUAD ishtirokchilarini asossiz ayblovlar bilan chiqmaslikka va blok yaratmaslikka chaqirmoqda, chunki bu chindan ham mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi. Bundan tashqari, AQSH bir vaqtning oʻzida ikkita derjavani - Xitoyni (“strategik chaqiriq”) va Rossiyani (“tezkor tahdid”) dushman etib tayinladi.
Vashingtonning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi xavfli gʻimir-gʻimir harakatlari Pekin va Moskvani harbiy-strategik hamkorlikni mustahkamlashga, Yevroosiyo qitʼasi, okeanlar va koinotda yangi xavfsizlik vositalarini shakllantirishga undamoqda.
Yangiliklar lentasi
0