Sport

Shomurodov oʻzbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yoʻl ochdi – ekspert

© AFP 2022 / GENT SHKULLAKUUzbekskiy napadayuщiy "Romы" Eldor Shomurodov vo vremya finalnogo futbolnogo matcha Ligi Yevropы UYEFA mejdu "Romoy" i "Feyenoordom" na stadione "Eyr Albaniya" v Tirane 25 maya 2022 goda.
Uzbekskiy napadayuщiy Romы Eldor Shomurodov vo vremya finalnogo futbolnogo matcha Ligi Yevropы UYEFA mejdu Romoy i Feyenoordom na stadione Eyr Albaniya v Tirane 25 maya 2022 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eldor Shomurodov “Roma” bilan Konferentsiyalar Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi va Yevrokuboklar finalida maydonga tushgan ilk oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Ilk bor tashkil etilgan Yevropa Konferentsiyalar Ligasi finalida Italiyaning "Roma" va Niderlandiyaning "Feyenoord" klublari oʻzaro toʻqnash kelishdi.
Rimliklar safida oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvning 89-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Yakunda “Roma” 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi va Konferentsiyalar Ligasining ilk gʻolibi sifatida tarixga kirdi.
Eldor Shomurodov esa Yevrokuboklar finalida maydonga tushgan ilk oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi. Shuningdek, 26 yoshli futbolchi faoliyatidagi dastlabki katta sovringa ega chiqdi.
© AFP 2022 / OZAN KOSEIgroki "Romы" prazdnuyut pobedu v finalnom matche Ligi Yevropы Konferentsii UYEFA mejdu "Romoy" i "Feyenoordom" na stadione "Eyr Albaniya" v Tirane 25 maya 2022 goda.
Igroki Romы prazdnuyut pobedu v finalnom matche Ligi Yevropы Konferentsii UYEFA mejdu Romoy i Feyenoordom na stadione Eyr Albaniya v Tirane 25 maya 2022 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2022
Igroki "Romы" prazdnuyut pobedu v finalnom matche Ligi Yevropы Konferentsii UYEFA mejdu "Romoy" i "Feyenoordom" na stadione "Eyr Albaniya" v Tirane 25 maya 2022 goda.
Taniqli sport sharhlovchisi Otabek Joʻrayevning soʻzlariga koʻra, Shomurodov oʻzining Italiyaning “Jenoa” va “Roma” klublarida muvaffaqiyatlari bilan oʻzbekistonlik sportchilar uchun Yevropa futboliga yoʻl ochgan.

“Eldor shunchaki birinchi emas, u bizning oʻyinchilar uchun Yevropaga, Yevropa futboliga yoʻl ochdi, ularni (oʻzbekistonlik futbolchilarni – tahr.) kuzata boshlashdi”, - dedi Joʻrayev Sputnik bilan suhbatda.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, Shomurodov oʻzining tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan shunday muvaffaqiyatlarga erishgan. U astoydil oʻz ustida ishlaydi va hamisha oʻz jamoasiga nafi tegadi.
“Eldorning rad etib boʻlmaydigan bir xislati bor – u mehnatkash va hamisha oʻz jamoasiga nafi tegadi, mutlaqo hamisha”, - dedi Joʻrayev.
Sharhlovchi Eldor oʻyin paytida bir joy turmasligi, doimo harakatlanishi, raqib himoyachilaridan toʻpni olib qoʻyishga intilishiga eʼtibor qaratdi.
“Eldor Shomurodov sen astoydil ter toʻkishing, oʻzingga ishonishing va shu bilan bilan biror bir muvozanatni ushlab turishing kerak boʻlgan namuna. Yevropada koʻpchilik xudbin – bu yaxshi maʼnoda. Ular oldilariga ulkan maqsadlar qoʻyishgan, ular oʻziga xos. Ular statistikani oshirish uchun darhol darvoza sari zarba berishadi. Eldorda bu narsa yoʻq. Yuzma-yuzma toʻqnashish paytida u toʻpni sherigiga uzatadi, yaʼni haqiqiy oʻzbek sifatida boʻlishadi”, - deydi Joʻrayev.
Yangiliklar lentasi
0