YeOII sammitida Vladimir Putin nutqidan asosiy fikrlar

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vistupil na Yevraziyskom ekonomicheskom forume
Prezident RF V. Putin vistupil na Yevraziyskom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna bo‘lish
YeOII davlatlari iqtisodiy murakkab sharoitda o‘zlarini o‘ta ma’suliyatli tutmoqda - Putin.
TOShKENT, 27-may - Sputnik. Bugun Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan YeOII davlatlari oliy kengashi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘zga chiqdi.
Prezident aytishiga ko‘ra, YeOII davlatlari iqtisodiy murakkab sharoitda o‘zlarini o‘ta ma’suliyatli tutmoqda.
YeOII rahbarlari yig‘ilishida Vladimir Putin nutqidan asosiy fikrlar
Rossiya va YeOII davlatlari iqtisodiy murakkab sharoitda o‘zlarini o‘ta ma’suliyatli tutmoqda.
YeOII a’zolari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2021-yilda qariyb uchdan biriga oshdi.
Shu davr mobaynida YeOII mamlakatlari umumiy yalpi ichki mahsuloti 4,6 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 5 foizdan ko‘proqqa o‘sdi.
YeOIIga a’zo mamlakatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valyutadagi to‘lovlar ulushi 75 foizga yetdi.
YeOIning Eron bilan imtiyozli savdo rejimini yanada rivojlantirish, Misr va Indoneziya bilan erkin savdo bitimlarini tuzish, BAA bilan imtiyozli savdo kelishuviga erishish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Rossiya prezidenti O‘zbekiston YeOII bilan, o‘ziga qulay va foydali bo‘lgan ko‘rinishda, hamkorklikni chuqurlashtirishiga umid bildirdi.
29 may Yevroosiyo ittifoqi kuni deb e’lon qilinadi.
Yig‘ilishda shuningdek Ittifoqqa a’zo davlatlarning 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy siyosati bo‘yicha yo‘riqnomalar muhokama qilinadi va tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.
Undan tashqari YeOII va tashqi sheriklar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Birinchi navbatda Xitoy bilan iqtisodiy munosabatlarning yangilangan asosi belgilanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0