Iqtisod

Investitsiyalar vazirligiga yangi vakolatlar berildi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana
Tashkent. Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda sanoat zonalariga doir byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratiladi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 may kuni oʻtkazilgan yigʻilishda sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta koʻrib chiqilib, byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratilishi taʼkidlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga oʻtkaziladi. Sanoat zonalari boʻyicha maʼmuriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari Investitsiyalar vazirligiga beriladi.
Shuningdek:
sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qoʻllash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi. Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qoʻmitasi amalga oshiradi;
sanoat zonalaridagi yerlar auktsionga direktsiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auktsionga qoʻyiladi);
investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi obʼyektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.
Bularning hisobiga, sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi.
Yangiliklar lentasi
0