Jahonda neft narxi oshishi O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota AZS v Moskve
Rabota AZS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi yirik AYoQShlarda 1 litr AI-80 markali benzin 6 800 so‘mdan 7 400 so‘mgacha sotilmoqda.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Butun jahonda neft narxining keskin narx oshishi O‘zbekistondagi avtobenzin narxiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.
Jahon bozorida Brent markali neft narxining o‘zgarishi butun dunyodagi benzin va boshqa neft mahsulotlarining narxlarini o‘sishi yoki tushishiga ta’sir etmoqda.
“Narxlar tebranishini oldini olish uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshirilib, qayta ishlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar ishga solinmoqda”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz, neft va gaz kondensati qazib chiqarish, neft-gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi bajarilgan.
Hozirda iste’molchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz, neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun barcha kuchlar va zaxiralar safarbar etilmoqda.
“Bu esa o‘z navbatida, Respublikada neft va gaz mahsulotlariga, shu jumladan avtobenzin mahsulotiga, ortib borayotgan talabni qondirish hisobiga narxlarning barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, hozirda AQShda benzin rekord darajada qimmatladi. Yevropa davlatlarida bir litr benzin narxi 2.242-2.564 dollarni tashkil etmoqda. Lekin narxlarning oshib borishi to‘xtagani yo‘q.
Yil boshiga nisbatan neft xom ashyosi kotirovkasi 1,3 barobarga (1 barreli uchun 115 dollar), Yevropa davlatlarida AYoQShdagi benzin chakana narxi 1,2 – 2,0 barobarga oshib tarixiy antirekordlar yangilandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 2022-yilning 5 oyligida 657,5 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarildi. Ishlab chiqarilgan avtobenzin esa 381,4 ming tonnani tashkil etdi.
AI-80 markali avtomobil benzinining birja savdolaridagi o‘rtacha narxi yil boshida 1 tonnasi uchun 7,0 – 7,3 mln so‘m (1 litri uchun 5 300 – 5 500 so‘m) miqdorida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 8,4 – 8,7 mln so‘m (1 litri uchun 6 300 – 6 500 so‘m) miqdorida shakllanmoqda.
Toshkent shahridagi yirik AYoQShlarda 1 litr AI-80 markali avtobenzin narxi quyidagicha kuzatilmoqda: UNG Petro – 6 800 so‘m, IBR, Miss, Poytaxt Oil – 6 800 so‘m, Mustang – 6 900 so‘m, LUK Oil – 6 990 so‘m, Intran servis – 7 000 so‘m, TAT neft – 7 400 so‘m.
Yangiliklar lentasi
0