Jamiyat

Oʻzbekiston metan emissiyasini kamaytiradi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaTrubы TETS. Illyustrativnoye foto.
Trubы TETS. Illyustrativnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston Metan emissiyasini kamaytirish boʻyicha global majburiyat toʻgʻrisidagi tashabbusga qoʻshildi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Oʻzbekiston BMTning Metan emissiyasini kamaytirish boʻyicha tashabbusiga (Global Methane Pledge) qoʻshildi. Bu haqida Buxoroda 26-27 may kunlari boʻlib oʻtayotgan Kambagʻallikni qisqartirish xalqaro forumi doirasida eʼlon qilindi.
Bosh vazir oʻrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan "yashil" iqtisodiyotga oʻtish va metan emissiyalarini kamaytirish borasidagi tashabbuslar alohida qoʻllab-quvvatlanishini bildirdi.
Shuningdek, mazkur tashabbusdan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun mamlakatimizda xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlik asosida energetika, qattiq maishiy chiqindilar va agrobiznes tarmoqlariga eʼtibor qaratilib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun, metan emissiyasini kamaytirish boʻyicha global tashabbus - unga qoʻshilgan aʼzolarning 2030 yilgacha global metan emissiyasini 2020 yil darajasidan kamida 30 foizga kamaytirish boʻyicha jamoaviy saʼy-harakatlarga hissa qoʻshish uchun ixtiyoriy harakatlar qilishga roziligini bildiradi.
Metan atmosferada karbonat angidriddan keyin ikkinchi eng koʻp tarqalgan modda boʻlib, harorat koʻtarilishiga katta taʼsirga ega. Metan atmosferada karbonat angidridga qaraganda 80 baravar koʻproq issiqlikni ushlab turadi.
Bugungi kunda ushbu tashabbusga 120 ga yaqin davlat qoʻshilgan boʻlib, ular jahon iqtisodiyotining 70% va metan emissiyalarining yarmini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0