Sport

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari oʻzgardi

© NOK UzbekistanaMaqsud Abdusamatov
Maqsud Abdusamatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamatov Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi etib saylandi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasiga yangi rahbar saylandi. Bu haqda Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi oʻtkazildi. Unda “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamatov Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi etib saylandi.
Shu kungacha Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov oʻz xohishiga koʻra lavozimdan ozod etildi.
“Oldimizda turgan yirik musobaqalarda sportchi va murabbiylarimizning muvaffaqiyatga erishishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, deydi Maqsud Abdusamatov.
Aytilishicha, Rustam Shoabdurahmonovning boshqaruvi davrida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida birinchi jahon chempioni yetishib chiqqan. Olimpiya oʻyinlariga ilk bor 3 ta litsenziya qoʻlga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0