https://oz.sputniknews-uz.com/20220527/plyonka-ostiga-ekilgan-ertapishar-kartoshkani-aholiga-etkazib-berish-boshlandi-24835434.html
Ertapishar kartoshkani aholiga yetkazib berish boshlandi
Ertapishar kartoshkani aholiga yetkazib berish boshlandi
Viloyatlarda plyonka ostiga ekilgan ertapishar kartoshkaning dastlabki hosili dehqon bozorlariga yetkazib berish boshlandi. 27.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-27T14:12+0500
2022-05-27T14:12+0500
2022-05-27T14:12+0500
iqtisod
qishloq xoʻjaligi vazirligi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/1b/24835544_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_0a4580550f5587436fd1780333c978ab.png
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Fermer xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida ertaki muddatlarda ekilgan kartoshka hosili yigʻib olinmoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi. Bahorda fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining 90 ming gektarlik asosiy maydonlariga kartoshka ekildi. Shundan Toshkent viloyati Zangiota tumanida 850 gektar yer maydonida kartoshka yetishtirildi.Zangiota tuman qishloq xoʻjaligi boʻlim boshligʻi Sherzod Raximjonovning soʻzlariga koʻra, hozirda hosil yetishtirishning muhim pallasi-hosilni kavlab olish jarayonlari amalga oshirilmoqda.Shuningek, Surxondaryo va Qashqadaryoda ertaki muddatlarda (fevral-mart) ekilgan kartoshka maydonlardan dastlabki kartoshka hosilini kavlab olish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari Samarqand va Toshkent viloyatlarida qisman kartoshka kavlash ishlari boshlangan.2022 yil hosili uchun barcha toifa xoʻjaliklarida 243 ming gektar maydonda kartoshka ekilishi kutilmoqda.Hozirgacha joylardan olingan takliflarga asosan fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarida 153 ming gektar maydonda kartoshka yetishtirilishi belgilandi.Maʼlumot uchun, ushbu mavsumda Oʻzbekiston dalalarida jami 240 ming gektarga yaqin maydonda kartoshka ekilgan. Undan 115,5 ming gektari - asosiy ekin maydonlari, 90 ming gektari - dehqon va fermer xoʻjaliklari yerlari, 30 ming gektari - takroriy ekin maydonlari hamda 7,3 ming gektari - bogʻ-tok qatorlari orasida. Mavsum oxirida jami 4,1 mln tonna kartoshka hosilini olish kutilmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda kartoshka narxi oʻrtacha deb baholash mumkin. Xususan dehqon bozorlarida 1 kg kartoshkaning narxi 3000 – 8000 soʻmni tashkil etmoqda. Bu narx aksariyat davlatlardagi kartoshka mahsulotlariga nisbatan past. Masalan, Gruziyadan 936 soʻmga, Rossiyadan 604 soʻmga va Belorusiyadan 162 soʻmga arzon. Lekin Moldova (1275), Polsha (2048), Tojikiston (3153), Ukraina (2822) davlatlarida kartoshka yanada arzon.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/1b/24835544_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_1ddc3fb04ae84fa87e760505848c865b.pngSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qishloq xoʻjaligi vazirligi
Ertapishar kartoshkani aholiga yetkazib berish boshlandi
Viloyatlarda plyonka ostiga ekilgan ertapishar kartoshkaning dastlabki hosili dehqon bozorlariga yetkazib berish boshlandi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Fermer xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida ertaki muddatlarda ekilgan kartoshka hosili yigʻib olinmoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi
xabar berdi.
Bahorda fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining 90 ming gektarlik asosiy maydonlariga kartoshka ekildi. Shundan Toshkent viloyati Zangiota tumanida 850 gektar yer maydonida kartoshka yetishtirildi.
Zangiota tuman qishloq xoʻjaligi boʻlim boshligʻi Sherzod Raximjonovning soʻzlariga koʻra, hozirda hosil yetishtirishning muhim pallasi-hosilni kavlab olish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
“May oyining dastlabki kunlarida 1 gektar plenka ostiga ekilgan kartoshkalar kovlab olindi. Ularning oʻrtacha 25 tonnasi bozorga chiqarildi. Iyun oyida 1,5 gektar ochiq maydonlarga ekilgan kartoshkalarni kovlashni boshlaymiz”, deydi agranom Abdugʻoffor Vaxobov.
Shuningek, Surxondaryo va Qashqadaryoda ertaki muddatlarda (fevral-mart) ekilgan kartoshka maydonlardan dastlabki kartoshka hosilini kavlab olish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari Samarqand va Toshkent viloyatlarida qisman kartoshka kavlash ishlari boshlangan.
2022 yil hosili uchun barcha toifa xoʻjaliklarida 243 ming gektar maydonda kartoshka ekilishi kutilmoqda.
Hozirgacha joylardan olingan takliflarga asosan fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarida 153 ming gektar maydonda kartoshka yetishtirilishi belgilandi.
Maʼlumot uchun, ushbu mavsumda Oʻzbekiston dalalarida jami 240 ming gektarga yaqin maydonda kartoshka ekilgan. Undan 115,5 ming gektari - asosiy ekin maydonlari, 90 ming gektari - dehqon va fermer xoʻjaliklari yerlari, 30 ming gektari - takroriy ekin maydonlari hamda 7,3 ming gektari - bogʻ-tok qatorlari orasida. Mavsum oxirida jami 4,1 mln tonna kartoshka hosilini olish kutilmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda kartoshka narxi oʻrtacha deb baholash mumkin. Xususan dehqon bozorlarida 1 kg kartoshkaning narxi 3000 – 8000 soʻmni tashkil etmoqda. Bu narx aksariyat davlatlardagi kartoshka mahsulotlariga nisbatan past. Masalan, Gruziyadan 936 soʻmga, Rossiyadan 604 soʻmga va Belorusiyadan 162 soʻmga arzon. Lekin Moldova (1275), Polsha (2048), Tojikiston (3153), Ukraina (2822) davlatlarida kartoshka yanada arzon.