Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qon bosimi oshganda bosh ogʻrigʻidan qanday xalos boʻlish mumkin?

© pexels.com/Mikael BlomkvistJenщina v korichnevom platye bez rukavov sidit na korichnevom pletenom kresle
Jenщina v korichnevom platye bez rukavov sidit na korichnevom pletenom kresle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bosh ogʻrigʻi turli sabablarga koʻra paydo boʻlishi mumkin. Xususan, arterial bosimning oʻzgarib turishi ham bosh ogʻrigʻini keltirib chiqaradi. Bunday vaziyatda holatni qanday yaxshilash kerak?
Shifokor-terapevt Tatyana Romanenko Sputnik radiosiga bergan intervyusida tushuntirish berdi.
Arterial bosimning oʻzgarib turishi koʻpgina hollarda bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi.
Masalan, qon bosimining tushishida inson oʻzini lohas his qilishi va bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, bunday vaziyatda kofein koʻmak beradi.
“Agar bosh ogʻrisa avvalo qon bosimini oʻlchash lozim. Agar bosim past boʻlsa, tarkibida kofein boʻlgan ichimliklar yordam berishi mumkin. Yangi damlangan choy yoki qahva ichish kerak. Ushbu oddiy yoʻl bilan qon bosimini tushirish va bosh ogʻrigʻidan xalos boʻlish mumkin”.
Qon bosimi koʻtarilishida ham bosh ogʻriydi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, agar bosh ogʻrigʻi juda kam hollarda kuzatilsa, ichimliklar bilan tushirish mumkin. Biroq, agar bosh ogʻrigʻi tez-tez kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat qilish zarur.
Yangiliklar lentasi
0