Rossiya oziq-ovqat inqirozini hal qilishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin - Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tish Prezident RF Vladimir Putin
 Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna bo‘lish
Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan Rossiyaga qarshi cheklovlar tufayli keskinlashdi - Putin.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar AQSh va YeI tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli keskinlashdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiya bosh vaziri Mario Dragi bilan suhbatda. Suhbat tafsilotlarini Kreml matbuot xizmati e’lon qildi.
“Vaziyat AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan Rossiyaga qarshi cheklovlar tufayli keskinlashdi. Biroq, agar G‘arb Rossiyadan siyosiy sabablarga ko‘ra cheklovlarni olib tashlasa, mamlakat g‘alla va o‘g‘it eksporti orqali oziq-ovqat inqirozini yengib chiqishga katta hissa qo‘shishga tayyor”, degan Putin.
Suhbat chog‘ida Putin Rossiyani jahon bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarda asossiz ayblanayotganini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan qiyinchiliklar, jumladan, ishlab chiqarish va logistika zanjirlari faoliyatidagi nosozliklar pandemiya davrida G‘arb davlatlarining moliyaviy siyosati bilan bog‘liq.
“Energetika xavfsizligi masalalari muhokama qilinayotganda Rossiya tomonining shartnomalarda belgilangan narxlarda Italiyaga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berishni davom ettirish tayyorligi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0