Jamiyat

SHHT ekologiya vazirlari Toshkentda daraxt ekishdi

© SputnikGlavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SHHT tadbiri oldidan Ekologiya qoʻmitasining bogʻiga koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 27 may - Sputnik. Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tadbir oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining bogʻiga koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
© SputnikGlavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Uchrashuvda tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida SHHTga aʼzo sakkiz davlat delegatsiyalari va ekspertlari zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishini yumshatish, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq chiqindilarni boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi dolzarb yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan oʻzaro fikr almashadi.
© SputnikGlavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Maʼlumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot boʻlib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.
2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik va qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.
© SputnikGlavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Glavnыe ekologi stran SHOS posadili derevya v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0