“Bir million dasturchi” sertifikati olganlarga kredit foizlari kompensatsiya qilinadi

© Depositphotos.com / Tan Kian KhoonMalchik s noutbukom
Malchik s noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2022
Obuna bo‘lish
"Bir million dasturchi" sertifikati olganlarga 6,75 million so‘mgacha kreditlar foizi to‘lab beriladi.
TOShKENT, 28-may - Sputnik. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olganlarga kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti ajratish va uning foizini kompensatsiya qilib berish tartibi belgilandi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming so‘mgacha) iste’mol krediti ajratish va uning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilib berish, tartibi belgilandi.
Kim ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin?
Jismoiy shaxslar, 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili.
Kerakli hujjatlar:
kompyuter sotib olish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida sertifikat (pdf formatda).
Xizmat ko‘rsatish tartibi:
1.
Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 60 kalendar kun mobaynida tuman, shahar davlat xizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali onlayn murojaat qiladi.
2.
Yoshlar ishlari agentligi 3 ish kuni mobaynida sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.
3.
Ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilgandan so‘ng ikki ish kunida kredit foizlari to‘lovlarini kompensatsiya qilib berish to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
4.
Ma’lumotnoma olingandan so‘ng tegishli bank (AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank”, “Mikrokreditbank” ATB ) filiallari o‘zlarining ichki hujjatlarida belgilangan muddatda kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.
5.
Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zaruriy summalar har oyning 25-sanasigacha Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazib boriladi.
Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 5 ish kunida)
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan.
Yangiliklar lentasi
0