Rossiya

Putin Makron va Sholts bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin, arxivnoye foto
Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Suhbat ishtirokchilari dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin frantsiyalik hamkasbi Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Olaf Sholts bilan telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Frantsiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya Federativ Respublikasi Federal kantsleri Olaf Sholts bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Ukrainadagi vaziyatning dolzarb jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Xususan, Putin Ukrainaga Gʻarb qurollari yetkazib berishi davom ettirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi. Bundan tashqari, u Kiyev rasmiylari aybi bilan muzokaralar muzlatib qoʻyilganini maʼlum qildi.
Suhbat ishtirokchilari shuningdek dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham muhokama qilishdi.
“Global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vaziyat har tomonlama koʻrib chiqildi. Vladimir Putin asosli va aniq maʼlumotlarga asoslanib, notoʻgʻri iqtisodiy va moliyaviy siyosat natijasida yuzaga kelgan oziq-ovqat taʼminotidagi qiyinchiliklarning asl sabablarini tushuntirib berdi. Xususan bu - Gʻarb mamlakatlari olib borgan notoʻgʻri siyosat hamda Rossiyaga qarshi kiritgan sanktsiyalari oqibati ekaninin”, — deya taʼkidladi Kreml.
Bir kun avval Rossiya rahbari Avstriya kantsleri Karl Nexammer bilan ham Ukrainadagi vaziyat boʻyicha telefon suhbati oʻtkazgan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0