Kolumnistlar

Rossiya Jahon Savdo tashkilotidan chiqish haqida oʻylayapti

© AFP 2022 / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun Rossiya xalqaro tashkilotlar bilan oʻz munosabatlarini qayta koʻrib chiqmoqda. Davlat Dumasi deputatlari har bir tashkilotning Rossiya uchun tutgan oʻrnini aniq baholashga harakat qilishmoqda.
TOSHKENT, 28 may — Sputnik, Yelena Popova. Jahon Savdo tashkiloti Gʻarb tomonidan nazorat qilinadi va Rossiya iqtisodiyotiga faqat zarar keltirmoqda. JSTga aʼzo boʻlishdan hech qanday foyda yoʻq, deb hisoblaydi Davlat Dumasidagi KPRF (kommunistik partiya) va "Spravedlivaya Rossiya" (Adolatli Rossiya) partiyalari vakillari.
Lekin boshqa deputatlar ularga eʼtiroz bildirishmoqda. Rossiya JSTdan chiqsa oʻzini oʻzi yakkalab qoʻyadi deyishmoqda ular.

JST doʻstmi yoki dushman?

Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng, Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi misli koʻrilmagan cheklov choralari kiritdi. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga JST aʼzolarining xulq-atvorini sinchiklab oʻrganib chiqishni, ularning faoliyati tashkilot nizomiga muovofiqmi yoki yoʻqligini tekirishni topshirgan edi. Tekshiru natijalari iyun oyida maʼlum boʻladi.
Soʻnggi oylar davomida Rossiya bir necha xalqaro tashkilotlardan chiqishini eʼlon qilgan edi. Xususan Yevropa Kengashi, Boltiq davlatlari kengashi va hatto BMTing ison huquqlari kengashidan chiqishini eʼlon qildi. Endi esa navbat JST va JSSTga kelgan. Sabab – ular Rossiyani oʻz qoidalariga boʻy sundirmoqchi boʻlganida, deb hisoblaydi Duma raisi oʻrinbosari Pyotr Tolstoy.
Lekin Rossiyada barcha ham xalqaro tashkilotlardan chiqish tarafdori emas. Masalan Hisob Palatasi rahbari Aleksey Kudrin fikriga koʻra, Rossiya iqtisodi xalqaro iqtisod bilan chambarchas bogʻliq, shu sababli tashkilotlardan chiqish zararli. Rossiya TIV ham xalqaro tashkilotlardan chiqmaslik kerak, aks holda bu “dushman uchun sovgʻa” boʻladi deb hisoblaydi.
TIV Iqtisodiy departamenti direktori Dmitriy Birichevskiyga koʻra, JSTning asosiy yutugʻi — bojxona tariflari pasayishidir.
JSTdan chiqish jarayoni ham oson emas. Chiqish taklifi qonun bilan belgilanishi hamda arizani barcha davlatlar tasdiqlashi kerak. Lekin tashkilotdan chiqqandan soʻng ham birmuncha vaqt uning talablarini bajarishi kerak boʻladi.

Amalga oshmagan kutilmalar

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov aytishiga koʻra, Rossiyaning JSTga aʼzo boʻlishidan birinchi navbatda qishloq xoʻjalik sektori, yengil sanoat va mashinasozlik va metallurgiya sohalari zarar koʻrgan.
Chunki, bojalarni kamaytirish Gʻarblik importchilarga foyda va Rossiya ishlab chiqaruvchilariga zarar keltirgan. Rossiya JSTga aʼzo boʻlganidan soʻg, qisqa vaqt ichida 2012 yilning noyabrida rastalarda import sut mahsulotlar soni 2 baravar oshgan”, - deydi siyosatchi.
Rossiya kompaniyalarining ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan yuqori shu sababli toʻlaqonli raqobatga erishib boʻlmadi. JSTga aʼzo boʻlishdan oldin ham yaxshi kun koʻrayotganlar yutdi, xolos. 2014 yildagi voqealar va sanktsiyalardan soʻng esa JSTga aʼzo boʻlishdan hech qanday naf qolmadi, - deb qoʻshimcha qildi Mironov.
KPRF deputati Kolomeytsev aytishiga koʻra, ular 2017 yildan buyon ushbu shartnomani bekor qilish tarafdori boʻlib kelgan.
“Biz tashkilotga aʼzo boʻlgandan soʻng, eksport miqdori 11%ga kamaydi. Oʻzingiz koʻrib turibsizku, JST ham boshqa xalqaro tashkiloatlar kabi AQSH tomonidan nazorat qilinadi va oʻz maqsadlari yoʻlida boshqalarga bosim oʻtkazish uchun foydalaniladi”, - deydi deputat.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya millionlab pul toʻlayotgan barcha xalqaro tashkilotlarda oʻz ishtirokini qayta koʻrib chiqishi kerak. Jumladan JST, XVJ, JSST, YEHXT va boshqalar.

Rossiya va JST

Maʼlmot uchun JST – xalqaro savdo munosabatlarini erkinlashtirish, qoidalarni umumiylashtirish hamda savdo-siyosiy munosabatlarni boshqarish maqsadida tashkil qilingan. Bugungi kunda faqat 34ta tashkilot unga aʼzo emas. Bular asosan unchalik katta iqtisodga ega boʻlmagann yoki orol davlatlar.
Rossiya 1993 yildan boshlab JSTga aʼzo boʻlishga intilgan va 2012 yilning 22 avgustida tashkilotga qabul qilinga edi. Shundan soʻng Moskva qishloq xoʻjaligi, sanoat, avtomobil, kimyo mahsulotlariga import bojini kamaytirgan, JST davlatlari esa Rossiya mahsulotlariga bojlarni kamaytirgan. 2014 yildan soʻng esa vaziyat murakkablashgan. Bugungi kuda, sanktsiyalar taʼsiri ostida JST Rossiya uchun hech qaday ahamiyatga ega emas.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining sobiq oʻrinbosari Aleksey Vedevga koʻra, bugungi kunda JSTning Rossiyaga foydasi tegayotgani yoʻq, lekin u xalqaro savdoni tartibga solish uchun kerak.
“JST global gʻoyalaridan biri – bu qoida va cheklovlarni unifikatsiya qilish. Jumladan eksportni subsidiya qilishni ham. Agar JST boʻlmasa xalqaro savdo tartibsiz boʻlib qoladi. Umumiy qoidalar oʻrniga koʻplab ikki tomonlama munosabatlar paydo boʻladi”, - deydi deputat Vedev.

JSSTdan chiqish maqsadga muvofiq emas

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga 194 ta davlat kiradi. Ushbu tashkilot dunyoga bezgak va yana bir necha yuqumli kasalliklardan qutilish imkonini yaratdi. OISga va chechak kasalliklariga qarshi kurash olib borilmoqda. Koronavirus pandemiyasi va yangi maymun chechak kasalliklariga qarshi kurashada ham JSST munosib oʻrin tutmoqda.
Albatta tashkilot ishini benuqson deb boʻlmaydi. Xususan 2009 yillarda uning “choʻchqa grippi” bilan bogʻliq faoliyati keskin tanqid qilingan edi. Lekin JSSTda siyosatchilardan tashqari mutaxassislar ham bor. Ular bilan aloqani uzish ikki tomon uchun ham zararli boʻlishi mumkin.
“Bugungi kunda mikrob va viruslar uchun chegaralar yoʻqlishi, ular yoki odamlarning ijtimoiy toifasi, boy yoki kambagʻalligidan qatʼiy nazar barchaga xavf solishi mumkinligiga hamma ishongan. Biz bitta planetada yashaymiz. JSST - viruslarga qarshi kurashda, dahaqiqat oʻta muhim rol oʻynaydi”, - deydi tibbiyot fanlari doktri Vladislav Jemchugov.
Undan tashqari bugun Rossiyaning farmatsevtika sanoati tiklanmoqda va u viruslar tarqalishini oldini olish uchun, dunyo bilan boʻlishishi mumkin boʻlgan tibbiyot mahsulotlariga ega.
Rossiya JSSTni tark etsa mamlakatda fojea sodir boʻlmaydi, Rossiya oʻziga yetarli darajada vaktsina va dorilar ishlab chiqaradi.
Yangiliklar lentasi
0