Video

Rus kinosida oʻzbek izi – "Amanat" filmi nima haqida

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyada qanday odam oʻziniki boʻladi? Bu savolga javob topganlardan biri buxorolik rejissyor Rauf Kubayev boʻlishi mumkin.
Moskva, Novыy Arbat koʻchasi, "Oktyabr" kinoteatri, 24 may oqshomi. Rus kinosining eng kutilgan premyerasi – sharqona nomli "Amanat" (Omonat - maʼnosida ) filmi boshlanishini kutayotgan odamlar gavjum.
Rossiyada "Amanat" haqida koʻp yozilgan. Suratga olish ishlari toʻrt yil oldin boshlangan loyiha nostandart syujeti bilan ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Film tarixiy drama - Kavkaz togʻlarida yashovchi millat yetakchisi Imom Shomilning oʻgʻli Jamoliddin haqida hikoya qiladi. Jamoliddin - kelib chiqishi avar millatidan va musulmon boʻlgan holda rus zobiti boʻlib tarbiyalanadi va keyinchalik Rossiya va Kavkaz oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qoʻshadi.
Film premyerasini nafaqat Rossiyada balkim Oʻzbekistonda ham kutishgan. Nega? Chunki "Amanat" filmini yaratish ustida ikki rejissyor ishlagan – Sankt-Peterburglik Anton Siyevers va buxorolik Rauf Kubayev. Premyerada ikkalasi ham "Dogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoniga sazovor boʻlishdi.

Film premyerasida koʻplab taniqli mehmonlar ishtirok etishdi va buning hayratlanadigan joyi yoʻq: maʼlum boʻlishicha, "Amanat" filmi gʻoyasini shaxsan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan maʼqullangan va loyihani amalga oshirish Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi, Kino jamgʻarmasi va Millatlar ishlari boʻyicha federal agentlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Aktyorlar ham filmga mos: Andrey Sokolov, Yekaterina Guseva va Daniil Straxov. Loyihada bu yil Rossiya kinoteatrlari ekranlarini tark etmayotgan oʻzbekistonlik aktyor Farhod Mahmudov ham ishtirok etmoqda. Darvoqe yaqinda u ham oʻzi suratga olgan “Parining sovgʻasi” filmining premyerasi boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
"Amanat"ga qaytamiz. Premyerada film uchun juda koʻp maqtovlar yangradi. Millatlararo agentlik rahbari Igor Barinov taʼkidlaganidek, baʼzida bitta film mamlakatdagi millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga koʻp voqealardan koʻra koʻproq yordam berishi mumkin. Va bu haqiqat: unda koʻp millatli Rossiyaning har bir aholisi oʻzini taniydi.
Ikki soatlik hayajonli janglar, saroy manzaralari va hazil-mutoyiba bilan suhbatlar nihoyat ruslarga "rus odami" kimligini va "rus dunyosi" nima ekanligini tushuntiradi, yaʼni bu mamlakatni chinakam sevgan har qanday odam oʻzinikiga aylanadi. Rossiya uchun siz qaysi millat yoki dinga mansubligingiz muhim emas va siz oʻz madaniyatingizni unutishingiz ham shart emas.
"Men avarman, men musulmonman, men rus zobitiman", deydi Jamoliddin.
Rejisser Rauf Kubayev koʻplab teleseriallarini suratga olgan: "Bagʻdodda hamma joy tinch", "Peshovar valsi", "Taxallusi Albaniyalik", "Vatan qayerdan boshlanadi", "Karmelita" va boshqalar.
Yangiliklar lentasi
0