https://oz.sputniknews-uz.com/20220528/samarqandda-noqonuniy-qurilgan-11-qavatli-mehmonxona-buziladi-24857208.html
Samarqandda noqonuniy qurilgan 11 qavatli mehmonxona buziladi
Samarqandda noqonuniy qurilgan 11 qavatli mehmonxona buziladi
Qurilish ishlari loyiha tasdiqlanmasdan, ruxsatnoma hamda ekspertiza xulosalari olinmasdan bajarilgan 28.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-28T16:51+0500
2022-05-28T16:51+0500
2022-05-28T16:52+0500
jamiyat
qurilish
samarqand
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/1c/24856837_0:120:1001:683_1920x0_80_0_0_b74315cf28187842332257973e19626e.jpg
TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Samarqand viloyatidagi “Joyi Soy” mahallasida fuqaro oʻz uyining bir qismini buzib, joyidan 21x12 metrli 11 qavatli mehmonxona qurgan.Mahalliy qurilish inspektsiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni toʻxtatish boʻyicha koʻrsatmalar berilganiga qaramasdan - fuqaro oʻzboshimchalik bilan qurilishni davom ettirgan.“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ va hududiy inspektsiya xodimlari tomonidan 2022 yil 6 may kuni binoning seysmik holati oʻrganib chiqilib, “Oʻzogʻirsanoatloyiha”AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi oʻz tasdigʻini topgan hamda binoni buzish boʻyicha xulosa berilgan, - deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston hududi seysmik faol zona hisoblanadi va bu yerda qurilayotgan har qanday koʻp qavatli bino, ayniqsa ijtimoiy obʼyektlar belgilangan qurilish talab va normalariga javob beradigan loyiha, ekspertiza xulosalari hamda tegishli organlarning ruxsatnomalar asosida qurilishi kerak. Aks holda bunday binolar qurilish jarayonida ham foydalanishda ham atrofidagi hududlarga va fuqarolar hayotiga xavf solishi mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/1c/24856837_0:27:1001:777_1920x0_80_0_0_3e0d620cda5735ff72230b9bb54e5c69.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qurilish, samarqand
Samarqandda noqonuniy qurilgan 11 qavatli mehmonxona buziladi
16:51 28.05.2022 (yangilandi: 16:52 28.05.2022) Qurilish ishlari loyiha tasdiqlanmasdan, ruxsatnoma hamda ekspertiza xulosalari olinmasdan bajarilgan
TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Samarqand viloyatidagi “Joyi Soy” mahallasida fuqaro oʻz uyining bir qismini buzib, joyidan 21x12 metrli 11 qavatli mehmonxona qurgan.
Qurilish ishlari loyiha tasdiqlanmasdan, tegishli ruxsatnomalar hamda ekspertiza xulosalari olinmasdan bajarilgan, deyiladi vazirlik
xabarida.Mahalliy qurilish inspektsiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni toʻxtatish boʻyicha koʻrsatmalar berilganiga qaramasdan - fuqaro oʻzboshimchalik bilan qurilishni davom ettirgan.
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ va hududiy inspektsiya xodimlari tomonidan 2022 yil 6 may kuni binoning seysmik holati oʻrganib chiqilib, “Oʻzogʻirsanoatloyiha”AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi oʻz tasdigʻini topgan hamda binoni buzish boʻyicha xulosa berilgan, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston hududi seysmik faol zona hisoblanadi va bu yerda qurilayotgan har qanday koʻp qavatli bino, ayniqsa ijtimoiy obʼyektlar belgilangan qurilish talab va normalariga javob beradigan loyiha, ekspertiza xulosalari hamda tegishli organlarning ruxsatnomalar asosida qurilishi kerak. Aks holda bunday binolar qurilish jarayonida ham foydalanishda ham atrofidagi hududlarga va fuqarolar hayotiga xavf solishi mumkin.