Dunyoda

Bill Geyts yaqin 20 yil ichida yangi pandemiyani bashorat qildi

© Sputnik / Grigoriy SыsoyevBill Geyts
Bill Geyts - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Microsoft asoschisi: iqlim oʻzgarishi natijasida insoniyatni 50 foiz ehtimol bilan yangi pandemiya kutmoqda.
TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts insoniyat yaqin 20 yil ichida kutishi mumkin boʻlgan yangi pandemiyani 50 foiz ehtimollik bilan bashorat qildi. Bu bunday fikrlari bilan Ispaniyaning “El Diario” gazetasiga bergan intervyusida oʻrtoqlashdi.
Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya allaqachon maʼlum boʻlgan virusdan, masalan, grippdan yoki koronavirusdan yuzaga kelishi mumkin, lekin boshqa stsenariy ham bor.
“Bu boshqa narsa ham boʻlishi mumkin. Bu inson, bioterrorchi tomonidan yaratilgan va ataylab tarqatilgan virus boʻlishi mumkin. Bu juda qoʻrqinchli stsenariy, chunki ular bir vaqtning oʻzida uni turli joylarga tarqatishga harakat qilishlari mumkin. Yoki bu tabiiy dunyodan keladigan narsa boʻlishi mumkin. Insoniyat soni oʻsib bormoqda va biz yangi ekotizimlarga bostirib kiryapmiz. Shu uchun men hisoblab chiqdimki, yaqin 20 yil ichida bizda iqlim oʻzgarishi natijasida 50 foiz ehtimol bilan tabiiy pandemiya boʻlishi mumkin”, - deydi Geyts.
Tadbirkor pandemiyaga qarshi kurashish uchun oʻt oʻchiruvchilarga oʻxshaydigan “global epidemiyaga qarshi kurash va safarbarlik guruhi”ni yaratish taklifini oʻrtaga tashlagan. Ammo bu narsa Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti byudjetini 25 foizga oshirishni talab qiladi.
Maymun chechagi BAAgacha yetib keldi: kasallik haqida nimalar maʼlum
Yangiliklar lentasi
0