Dunyoda

Dunyoning 33 ta mamlakatdagi 650 nafar bolada nomaʼlum oʻtkir gepatit aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishNII detskoy onkologii i gematologii RONTS imeni N. N. Bloxina
NII detskoy onkologii i gematologii RONTS imeni N. N. Bloxina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kasallikning eng koʻp holati Yevropada kuzatilgan, gepatitning kelib chiqishi hozirgacha aniqlanmagan.
TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Aprel boshidan buyon dunyoning 33 ta mamlakatidagi 650 nafar bolada kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan oʻtkir gepatit aniqlangan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlum qildi.
JSST maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp kasallanganlar Buyuk Britaniya (222 nafar) va AQShda (216) qayd etilgan.
Infektsiya Argentina, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Kanada, Kipr, Daniya, Frantsiya, Gretsiya, Indoneziya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Maldiv, Meksika, Moldova, Niderlandiya, Norvegiya, Falastin, Panama, Polsha, Portugaliya, Janubiy Koreya, Ruminiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya va Shvetsiyada ham aniqlangan. Yevroittifoq mamlakatlarida kasallanish holatlarining 75 foizi besh yoshdan kichik bolalar ulushiga toʻgʻri kelgan.
Taʼkidlanishicha, kasallangan bolalarda oʻtkir jigar yetishmovchiligi rivojlanmoqda. Olti foiz holatda bolalarda jigar transplantatsiyasi oʻtkazish talab qilingan, toʻqqiz nafar bola vafot etgan.
Shu bilan birga, mutaxassislar kasallanish manbasini va qoʻzgʻatuvchining yuqish usulini aniqlaganicha yoʻq. Ayrim bemorlarda adenovirus yoki koronavirus qayd etilgan.
Biroq gepatitning ushbu viruslardan keyin asorat sifatida paydo boʻlishi haqida hech qanday dalil yoʻq. JSST mutaxassislari ushbu gipotezani oʻrganishda davom etmoqda va kasallik xavfini global darajada oʻrtacha deb baholaydi.
Nomaʼlum turdagi oʻtkir gepatit bilan kasallanish haqida aprel boshlarida xabar qilingan edi.23 aprel kuni JSST bir oylikdan 16 yoshgacha boʻlgan 169 nafar bolada kasallik qayd etilgani haqida maʼlum qildi. Bu holatlarning birortasida ham gepatitning A, V, S, D va E turlari aniqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident qarori bilan 1 iyuldan boshlab har yili 1 million nafargacha aholi virusli gepatit V va S turlariga skrining tekshiruvlaridan oʻtkaziladi. 1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan mutaxassislar gepatit B infektsiyasiga qarshi emlanadi. Tashkilot emlanish jarayonini taʼminlaydi.
Yangiliklar lentasi
0