Jamiyat

Xotin-qizlar granti uchun tavsiyanomaga ariza topshirish boshlanmoqda

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
30 maydan ehtiyojmand xotin-qizlar OTMga kirish uchun tavsiyanomaga ariza topshirishlari mumkin
TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qoʻshimcha 4 foizli grant ajratiladi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasining xabar berishicha, tavsiyanoma uchun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yilning 30 mayidan 8 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Tavsiyanoma olishga talabgorlar:
kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir aʼzosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadga ega boʻlgan oila);
toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yohud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
nogiron farzandi boʻlgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, itjimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;
ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar boʻlishi kerak.
Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtishda tanlangan birinchi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tavsiyanoma bilan tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija koʻrsatganlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga koʻra davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar tavsiyanoma asosida OTMga kirishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0