https://oz.sputniknews-uz.com/20220530/dehqonoboddagi-ayrim-ekin-maydonlarini-minglab-chigirtkalar-egalladi--video-24877122.html
Dehqonoboddagi baʼzi ekin maydonlarini minglab chigirtkalar egalladi – video
Dehqonoboddagi baʼzi ekin maydonlarini minglab chigirtkalar egalladi – video
Mutaxassislar voqea joyini oʻrganishga yoʻl olishgan. Chigirtkalarning turi oʻrganishlar jarayonida maʼlum boʻladi. 30.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-30T11:49+0500
2022-05-30T11:49+0500
2022-05-30T20:44+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
chigirtka
dehqonobod tumani
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/1e/24877098_0:78:3221:1890_1920x0_80_0_0_2afece2a2f1a15da48bf0081c6f72e87.jpg
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida joylashgan ayrim qishloqlardagi ekin maydonlarini minglab chigirtkalar egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu aks etgan video tarqaldi.Qashqadaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshligʻi Shuhrat Qarshiyevning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, chigirtkalar 1 km maydonga tarqalgan boʻlishi mumkin. Lekin ular ayni vaqtda maydonlarga zarar yetkazmaydi.Uning soʻzlariga koʻra, bu yil chigirtkalar viloyatning 125 ming gektarida tarqalishi bashorat qilingan.Hozirda Dehqonobodda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov berish tadbirlari oʻtkazilib, u yerda 4 ta maxsus texnikadan foydalanilmoqda. Bu yilgi kurash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazish boʻyicha texnika, yoqilgʻi moylash materiallari va kimyoviy vositalar zaxirasi toʻliq yaratilgan.Chigirtka tuxumlari erta bahorda tuproqning ustki qatlami harorati +22...+25 darajaga yetganda chiqadi. Ular tuxum qoʻygandan 35-40 kun oʻtgach, tuxumdan chiqishi may oyining oʻrtalarida, may oyida qanot chiqarishi kuzatiladi.Jizzaxda chigirtkalar tarqalishiga qarshi kurash boshlandiMaʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 150 dan ortiq chigirtka turi uchraydi. Shulardan 10 turi qishloq xoʻjalik ekinlari, yaylovlar va boshqa oʻsimliklarga katta zarar yetkazishi mumkin.Chigirtkalar yashash tarziga qarab 2 guruhga toʻda hosil qilib yashovchi marokash, osiyo va voha chigirtkalari hamda mahalliy chigirtkalarga ajratiladi.Ular Oʻzbekistonning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining dengiz sathidan 250 metr balandliklardagi barcha hududlarida uchraydi. Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Fargʻona vodiysining yaylovlarida ham keng tarqalgan.
qashqadaryo viloyati
dehqonobod tumani
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/1e/24877098_300:0:2921:1966_1920x0_80_0_0_ec881a848f9f5c775715d275f9919c57.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qashqadaryo viloyati, chigirtka, dehqonobod tumani
Dehqonoboddagi baʼzi ekin maydonlarini minglab chigirtkalar egalladi – video
11:49 30.05.2022 (yangilandi: 20:44 30.05.2022) Mutaxassislar voqea joyini oʻrganishga yoʻl olishgan. Chigirtkalarning turi oʻrganishlar jarayonida maʼlum boʻladi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida joylashgan ayrim qishloqlardagi ekin maydonlarini minglab chigirtkalar egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu aks etgan video tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshligʻi Shuhrat Qarshiyevning
Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, chigirtkalar 1 km maydonga tarqalgan boʻlishi mumkin. Lekin ular ayni vaqtda maydonlarga zarar yetkazmaydi.
“Hozirda mutaxassislar ishtirokida voqea joyini oʻrganishga yoʻl oldik. Chigirtkalarning turi oʻrganishlar jarayonida maʼlum boʻladi. Ular mahalliy yoki marokash chigirtkalari boʻlishi mumkin”, - deydi Shuhrat Qarshiyev.
Uning soʻzlariga koʻra, bu yil chigirtkalar viloyatning 125 ming gektarida tarqalishi bashorat qilingan.
Hozirda Dehqonobodda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov berish tadbirlari oʻtkazilib, u yerda 4 ta maxsus texnikadan foydalanilmoqda. Bu yilgi kurash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazish boʻyicha texnika, yoqilgʻi moylash materiallari va kimyoviy vositalar zaxirasi toʻliq yaratilgan.
Chigirtka tuxumlari erta bahorda tuproqning ustki qatlami harorati +22...+25 darajaga yetganda chiqadi. Ular tuxum qoʻygandan 35-40 kun oʻtgach, tuxumdan chiqishi may oyining oʻrtalarida, may oyida qanot chiqarishi kuzatiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 150 dan ortiq chigirtka turi uchraydi. Shulardan 10 turi qishloq xoʻjalik ekinlari, yaylovlar va boshqa oʻsimliklarga katta zarar yetkazishi mumkin.
Chigirtkalar yashash tarziga qarab 2 guruhga toʻda hosil qilib yashovchi marokash, osiyo va voha chigirtkalari hamda mahalliy chigirtkalarga ajratiladi.
Ular Oʻzbekistonning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining dengiz sathidan 250 metr balandliklardagi barcha hududlarida uchraydi. Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Fargʻona vodiysining yaylovlarida ham keng tarqalgan.