Donni qabul qilish va omborlardan chiqarish bo‘yicha axborot tizim ishga tushadi

© Sputnik / Vitaliy TimkivPshenitsa, sobrannaya na polyax, arxivnoe foto
Pshenitsa, sobrannaya na polyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
d-xarid.uz axborot tizimi donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlaydi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Donni qabul qilish va omborlardan chiqarish bo‘yicha d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu prezident 28-may kuni imzolagan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Axborot tizim o‘z faoliyatini donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida olib boradi.
Qarorga ko‘ra, shu yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bug‘doyning:
- 1 783,5 ming tonnasi tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasi urug‘lik uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi;
- 500 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi.
2022 yil hosili uchun bug‘doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va bug‘doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:
- 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doy – birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega tadbirkorlarga;
- 4- va 5-sinflardagi bug‘doy – barcha tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.
Olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.
Birinchi iyundan davlat g‘allani bozor narxlarida sotib olishni boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0