Ertaga Yerda meteorit bo‘roni kuzatilishi mumkin

© Depositphotos.com / Animaxx3dAsteroid nedaleko ot planeti Zemlya
Asteroid nedaleko ot planeti Zemlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
Astronom Yakushechkin: ertaga Yer aholisini o‘ta shiddatli meteorit bo‘roni kutmoqda.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Qrimlik astronom Aleksandr Yakushechkinning aytishicha, ertaga Yer aholisini o‘ta shiddatli meteorit bo‘roni kutmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“31 may kuni ertalab yerliklarni ajoyib manzara — haqiqiy meteor yomg‘iri kutmoqda, meteoritlar soni soatiga 10 mingtagacha yetishi mumkin. Meteorit faolligining kuchayishi taxminan ikki soat davom etadi, hisob-kitoblarga ko‘ra, uning maksimal vaqti Moskva vaqti bilan soat 06:30 da”, - dedi Yakushechkin.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa eng yaxshi g‘arbiy yarimsharda, Shimoliy Amerikada kuzatiladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda bo‘ron boshlanish vaqtining bir nechta versiyalari mavjud – u Moskva vaqti bilan ertalab sakkizga yaqin boshlanishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, meteoritlar asosan zaif va xira bo‘ladi, shuning uchun hodisani shahar tashqarisida kuzatish maqsadga muvofiqdir.
Yangiliklar lentasi
0