Jamiyat

Oʻzbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi

© Foto: UzALola Murotova
Lola Murotova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Nurli obod” fermer xoʻjaligining rahbari Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi. Prezident shaxsan oʻzi uni telefon orqali bayramlar bilan tabriklar edi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xoʻjaligining rahbari, Oʻzbekiston qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
12 may kuni Lola Murotova qattiq betob boʻlib qolgan edi, prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan Lola Muratovaning holidan bosh vazir oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev, sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev, prezident maslahatchisi oʻrinbosari Abdurashid Joʻraboyev va Sherzod Asadov xabar olgan edi. Unga davlat rahbarining salomi va tezda shifo topish tilagi yetkazilgan edi.
Maʼlumot uchun, Lola Neʼmatovna Murotova 1958 yil Oltiariq tumanida tugʻilgan. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” unvoni (2004 yilda), “El-yurt hurmati” ordeni (2013 yilda), “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni (2017 yilda), “Oʻzbekiston Qahramoni” va “Qizil yulduz” ordeni (2019 yilda) davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0