Jamiyat

Prezident Lola Murotova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Foto: UzALola Murotova
Lola Murotova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Nurli obod” fermer xoʻjaligi rahbari, Oʻzbekiston qahramoni Lola Murotova ogʻir kasallikdan soʻng shu yil 30 may kuni 64 yoshida vafot etdi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston qahramoni, “Nurli obod” fermer xoʻjaligi rahbari Lola Murotova ogʻir kasallikdan soʻng 64 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi. Shu munosabat bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat vakillari marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“U oʻz foliyati bilan Vatanga muhabbat va sadoqatning, kasbiga fidoiylikning haqiqiy namunasini namoyon etdi. Aynan ana shunday olijanob fazilatlari bilan Lolaxon opa butun xalqimiz uchun oʻzbek ayolining haqiqiy timsoliga aylandi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, Murotova oʻz faoliyatida barcha fermerlarga, ayniqsa, yoshlarga ibrat boʻlib yashagan. Yangi Oʻzbekiston sharoitida alohida jonbozlik va gʻayrat-shijoat koʻrsatib ishlagan. Qishloq xoʻjaligi sohasida ilgʻor agrotexnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy usullari va samarali vositalarini qoʻllash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yosh fermerlar avlodini tarbiyalashda oʻziga xos tajriba maktabini yaratgan.
“Atoqli fermer, qishloq xoʻjaligi ilmining yetuk namoyandasi, taniqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson, xalqimizning fidoyi farzandi Lolaxon Murodovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deya hamdardlik bildirgan Oʻzbekiston rahbariyati.
“Lola Murotovaning vafoti barcha Fargʻona vodiysi aholisi uchun katta yoʻqotish boʻldi. U bizning faxrimiz edi. Uning hayot yoʻli, insoniyligi barcha viloyat ahli uchun hamisha oʻrnak boʻlib kelgan. Uning qanday yashagani, oʻz ona yurti va mehnatini sevgani, vatanparvarligi, fidoyiligi barcha fargʻonaliklarning xotirasi va qalbida mangu saqlanib qoladi”, - deydi viloyat hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Lola Murotova 1958 yil 9 martda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi “Nurobod” jamoa xoʻjaligida mexanizator sifatida boshlagan, oʻz hayotini mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi boʻlgan qishloq xoʻjaligi bilan bogʻlagan.
Yoshlik yillaridan boshlab dehqonchilik ilmini puxta oʻrgangan Murotova jamoa xoʻjaligida bosh pudratchi, boʻlim boshligʻi, xoʻjalik raisi kabi lavozimlarda mehnat qilib, xoʻjalikni samarali boshqarish sohasida katta tajriba orttirgan.
U dehqon mamlakatda birinchilardan boʻlib “Nurli obod” fermer xoʻjaligiga asos solgan va fermerlik harakatini rivojlantirish va uni yangi bosqichga koʻtarishga katta hissa qoʻshgan.
Lolaxon Murotovaning mamlakat va xalq oldidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari hamda “Oʻzbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan mukofotlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0