Jamiyat

Toshkentdan Samaraga arzon chiptali parvozlar yoʻlga qoʻyilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent-Samara yoʻnalishidagi aviaqatnovlar haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. "Uzbekistan Airways Express" 4 iyundan Toshkentdan Samaraga ilk parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Samara muntazam aviaqatnovlari haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar jadvali:
Toshkentdan joʻnab ketish: 19:05 (Toshkent vaqti bilan)
Samaraga yetib borish: 21:25 (Samara vaqti bilan)
Samaradan joʻnab ketish: 23:20 (Samara vaqti bilan)
Toshkentga yetib borish: 03:25 (Toshkent vaqti bilan)
Toshkent-Samara yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 1 671 973 soʻmdan (bagajsiz) va 1 837 632 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Toshkent-Samara-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa boshlangʻich narx 3 248 454 soʻm (bagajsiz) va 3 579 872 soʻm (bagaj bilan) etib belgilangan. Narxlar 30 may holatiga koʻra amal qiladi.
Avvalroq Namangandan Krasnoyarskka arzon chiptali parvozlarni amalga oshirish boshlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0