Jamiyat

Xarid cheklarini bermaslik bilan bogʻliq tekshirish qoidalari oʻzgartiriladi

© Pexels / Karolina GrabowskaChek
Chek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
1 iyundan boshlab fuqarolarning tadbirkorlar ustidan qilgan shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi oʻzgartiriladi. Biznesga kamchiliklarni bartaraf etish uchun vaqt beriladi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 iyundan tadbirkorlarning xarid cheklarini bermasliklari bilan bogʻliq tekshirish qoidalari yumshatiladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
DSQ xabariga koʻra, yil boshidan buyon “Soliq” ilovasi orqadi 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlariga oid murojaat kelib tushgan.
Taʼkidlanishicha, onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subʼyektga oʻrnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi koʻrsatkichlari bilan solishtirilgan. Natijada 30 mingga yaqin murojaat boʻyicha tekshirish oʻtkazish rad etilgan. Lekin qolgan qismi – 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi boʻyicha murojaatchilarning xabari oʻz tasdigʻini topgan.

“Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq toʻlovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida byudjetga toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan”, - deyilgan xabarda.

Shu bois 1 iyundan boshlab shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi oʻzgartiriladi. Biznesga kamchiliklarni bartaraf etish uchun vaqt beriladi. Xususan, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat boʻyicha tadbirkorga taʼsirchan moliyaviy jazo choralari koʻrilmaydi.
Buning oʻrniga u bilan profilaktik suhbat oʻtkaziladi va rasman ogohlantiriladi. Agar u qonunni buzishda davom etsa, ikkinchi murojaat yuzasidan soliq tekshiruvi tashkil etiladi.
Soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subʼyekt boʻyicha takroriy tushgan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
Jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida bir fuqaroning 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha boʻyicha 1 martadan koʻp murojaat yuborishiga cheklov oʻrnatiladi.
Qolaversa, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlari uchun mukofot toʻlanmaydi.
Yangiliklar lentasi
0