Dunyoda

Xerson dehqonlari Rossiyaga gʻalla sotishni boshladi

© Sputnik / Vitaliy TimkivZerno pshenitsы, arxivnoye foto
Zerno pshenitsы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kuzgi ekinlarni toʻliq yigʻishtirib olish taxminan 20 iyun kuni boshlanadi. Ayni vaqtda xersonlik fermerlar oxirgi don hosilini eksport qilyapti.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Xerson viloyati agrarlari Rossiyaga gʻalla sotishni boshladi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Kirill Stremousov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Gʻalla sotuvi bor, chunki biz yaqinda yangi hosilni yigʻib olamiz. 20 iyundan Xerson viloyatida toʻlaqonli gʻalla yigʻim-terimi boshlanadi”, - dedi Stremousov.
Uning soʻzlariga koʻra, fermerlar Rossiyaga gʻallani Qrim orqali joʻnatadi.
“Xerson tadbirkorlari mintaqamizning iqtisodiy farovonligini oshirish uchun Rossiyaga gʻalla sotishadi”, - dedi Stremousov.
Shuningdek, u viloyat hokimiyati mahalliy va Rossiya zavodlariga moy ishlab chiqarish uchun urugʻ yetkazib berish masalasini muhokama qilayotganini ham qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostantsiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0