Dunyoda

AQSH iqtisodiy urushda magʻlubiyatga uchradi - Turkiya OAV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishZdaniye Nyu-yorkskoy fondovoy birji na Uoll-strit (NYSE)
Zdaniye Nyu-yorkskoy fondovoy birji na Uoll-strit (NYSE) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH iqtisodiy urushda magʻlubiyatga uchradi - Turkiyaning Cumhuriyet gazetasi.
AQShning Rossiya va Xitoyga qarshi iqtisodiy tajovuzi maʼnosiz boʻlib chiqdi va Amerika uchun muvaffaqiyatsizlikka aylandi. Bu haqda Turkiyaning Cumhuriyet gazetasi muallifi Mehmet Ali Guller. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning fikriga koʻra, amerikalik siyosatchilarning "qirgʻin sanktsiyalar" boʻyicha hisobi Rossiyaning tuzilishini yaxshi tushunmaganiligi sababli ish bermadi, Rossiya bunga javoban barcha kuchlarini milliy iqtisodiyotni qurishga qaratdi.
"AQSH boshqa davlatlarni jilovlay olmadi. Ular Germaniya boshchiligidagi rivojlangan Yevropa iqtisodlarini energiya sanktsiyalarini qoʻllashga majbur qila olmadilar va gʻallaga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlanadi, shekilli. Ular energetik bozorni nazorat qilish maqsadida ular bilan hamkorlik qilishga Saudiya Arabistonni ishontira olmadi. Ular Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi yirik xaridorlarni “toʻsib qoʻya olmadi”, - dedi Guller.
Uning taʼkidlashicha, oʻz tashabbuslari tufayli Vashington ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qoldi. "AQSH iqtisodiyoti 2022 yilning birinchi choragida 1,5 %ga qisqardi! Biroq birinchi chorakda 1,1 foiz oʻsish kutilgan edi. Boshqa tomondan, inflyatsiya AQShda rekordlarni yangilamoqda. Yillik inflyatsiya fevral oyida 7,9 %dan oshdi. Mart oyida 8,5%, kutilganidan oshib ketdi va 40 yillik eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. AQSH Federal zaxira tizimi esa shu oy boshida oʻzining asosiy foiz stavkasini yillik bir foizga oshirdi”, — deyilgan maqolada.
Shu bilan birga, joriy yil aprel oyida Rossiyaning energiya resurslarini sotishdan tushgan daromadlari 2021 yil shu davriga nisbatan ikki baravar koʻpaydi, dedi Guller. Rubl ham Gʻarb sanktsiyalarining barbodligini koʻrsatdi.
"Rossiya rubli AQSH kutganidan farqli oʻlaroq, dollarga nisbatan mustahkamlandi. Ukrainadagi maxsus operatsiya oldidan 77 rubl atrofida boʻlgan valyuta kursi 6 mart kuni sanktsiyalarning birinchi zarbasi bilan 114 taga yetdi va 3 aprel kuni esa yana boshlanishidan oldingi koʻrsatkichlarga qaytdi.Shundan soʻng Rossiyavalyutasi kundan-kunga kuchayib bordi va 22 mayda bu koʻrsatkich 57ga tushdi. Shunday qilib, rubl dollarga nisbatan 30 %ga qoʻshildi va soʻnggi toʻrt yildagi eng yuqori koʻrsatkichga yetdi”, — dedi muallif.

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar

Ukrainani denatsifikatsiyava demilitarizatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Gʻarb davlatlari Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosiminikuchaytirdi. Birinchi navbatda cheklov choralari bank sektoriga va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga taʼsir koʻrsatdi.
Kreml bu choralarni iqtisodiy urush deb atadi, bunday avval boʻlmagan, ammo voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini taʼkidlagandi.
Yangiliklar lentasi
0