Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan Emomali Rahmon tashrifini muhokama qildi

© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti TadjikistanaAbdulla Aripov provel peregovori s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.
Abdulla Aripov provel peregovori s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
Tojikiston O‘zbekistonning muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Keyingi 5-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobardan oshdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Kecha Dushanbe shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi, Toshkentda esa ikki davlat tadbirkorlarining “V2V” shaklidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda ishtirok etgan uchrashuvda, Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak rasmiy tashrifi ham muhokama qilindi. Xususan, ushbu tashrif kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan to‘ldirish, rejalashtirilgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamda hududlararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tojikiston O‘zbekistonning muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Keyingi 5-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobardan oshdi. Joriy yilning o‘tgan davrida 35 foizga oshib, 180 million dollardan ziyodni tashkil etdi.
Davlat rahbarlari tomonidan Hukumatlar oldiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar, foydalanilmagan ulkan zaxiralar mavjud.
Uchrashuv yakunida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston Hukumatlararo komissiyasining 9-majlisi bayoni imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yig‘ilishi va ikki davlat tadbirkorlarining “V2V” shaklidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. “V2V” shaklidagi muzokaralarda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 400 dan ortiq va Tojikistonning 150 ga yaqin vakili ishtirok etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0