DXRning savdo floti paydo bo‘ldi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPort v Mariupole
Port v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
DXR rahbari Pushilin respublikada savdo floti paydo bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Donesk xalq respublikasining (DXR) savdo floti paydo bo‘ldi. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.
Gap jangovar harakatlar yakunlangandan so‘ng Mariupol dengiz porti qirg‘og‘ida qolgan kemalar haqida bormoqda.
“Kemalarning bir qismi Donesk xalq respublikasi yuridiksiyasi ostiga o‘tadi. Bu borada tegishli qarorlar qabul qilingan”, - dedi Pushilin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Jurnalistning endi DXRda savdo porti deyish mumkinmi degan savoliga, u ijobiy javob berdi.
Shuningdek, DXR rahbari hozir Mariupol porti uning hududida bo‘lgan mahsulotlarni yuklayotgani, keyin bu yerga respublikani qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan texnika va qurilish materiallarini olib kelish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Azovstalda" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin jangarilar va Ukraina harbiylarining 531 kishidan iborat so‘nggi guruhi 20-may kuni taslim bo‘lgan edi. Shu tariqa, Marupol shahri jangarilardan to‘liq ozod etilgan.
Shahar asta-sekin odatiy hayot tarziga qaytmoqda. Ayrim yo‘nalishlarda jamoat transporti ish ishini tiklagan, shahar hududi tozalanmoqda. Suv va elektr energiyasi ta’minotini to‘liq tiklash ustida ish olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0