Eng ko‘p daromad ko‘rgan oliygoh ma’lum qilindi

© Unsplash / Changbok KoPustaya auditoriya
Pustaya auditoriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat pedagogika universiteti budjet va to‘lov-kontraktidan eng ko‘p daromad ko‘rgan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti eng ko‘p daromad ko‘rgan OTM bo‘ldi. Uning o‘tgan yilgi daromadi qariyb 400 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Agentlik respublikadagi 62 ta davlat OTMning o‘tgan yilgi daromadi va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilgan.
Unga ko‘ra, eng ko‘p daromadlar Toshkentda joylashgan universitetlarda shakllantirilgan.
OTMlarning qisqa ro‘yxati:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – 399 mlrd so‘m;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – 320 mlrd so‘m;
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – 276 mlrd so‘m;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 237 mlrd so‘m;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 210 mlrd so‘m.
“OTMlarning daromadlari budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar, rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hisobidan shakllantiriladi”, - deyiladi xabarda.
Ta’lim dargohlarining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan rasmiy veb-sayt hamda Ochiq ma’lumotlar portaliga joylanib, har chorakda yangilab boriladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari soni jami 161 taga teng.
Yangiliklar lentasi
0