Eng ko‘p soliq imtiyoziga ega bo‘lgan kompaniyalar ma’lum bo‘ldi

© Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinatNavoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat
Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
2022 yil I choragida 44 183 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt soliq imtiyozlaridan foydalangan bo‘lib, ular uchun qo‘llanilgan imtiyozlarning umumiy qiymati 9 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etgan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2022-yilning I choragida O‘zbekistonning eng ko‘p soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan kompaniyalari nomini e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p miqdorda soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlari quyidagilar:
1.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327, 1 mlrd so‘m;
2.
TIF “O‘zmilliy bank” AJ — 530, 6 mlrd so‘m;
3.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so‘m;
4.
“Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so‘m;
5.
“O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so‘m;
6.
“Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so‘m;
7.
“Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so‘m;
8.
AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so‘m;
9.
“Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so‘m;
10.
“Asiatransgas” MChJ — 164,8 mlrd so‘m;
11.
“Qishloq qurilish bank” ATB — 159,4 mlrd so‘m;
12.
“Uzbekistanairways” AJ — 152,8 mlrd so‘m;
13.
“Grandpharmtrade” MChJ — 148,3 mlrd so‘m;
14.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — 147,6 mlrd so‘m;
15.
“Mikrokreditbank” ATB — 129,5 mlrd so‘m;
16.
“Hamkorbank" ATB — 125,0 mlrd so‘m;
17.
“Merospharm” MChJ — 94,8 mlrd so‘m;
18.
“Aloqabank” AJ — 77,9 mlrd so‘m;
19.
“Trastbank xususiy aksiyadorlik banki” AJ — 58,5 mlrd so‘m;
20.
“Turon bank” ATB — 47,5 mlrd so‘m.
Agentlik xabarida qayd etilishiga ko‘ra, soliq imtiyozlari asosan 7 turdagi soliqlar bo‘yicha berilgan va ularning salmoqli qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hissasiga to‘g‘ri keladi (93,5%). Keyingi o‘rinlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (1,6 %), foyda solig‘i (1,6 %), yer solig‘i (1,3 %), ijtimoiy soliq (1%), mol-mulk solig‘i (0,6 %) va aylanmadan olinadigan soliqlar (0,3 %) joy olgan.
Barcha soliq turlari bo‘ycha imtiyozlarga ega bo‘lgan kompaniyalarning to‘liq ro‘yxati bilan qo‘yida tanishish mumkin
Yangiliklar lentasi
0