Rossiya

“Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga gaz yetkazib berishni toʻliq toʻxtatdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishZapornыy kran na kompressornoy stantsii
Zapornыy kran na kompressornoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gazni rublda sotib olishdan bosh tortgan Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasi Rossiya gazisiz qoldi
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. “Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga yangi sxemaga koʻra toʻlovni rublda amalga oshirishdan bosh tortgani uchun gaz yetkazib berishni toʻliq toʻxtatdi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Gazprom eksport” 30 may kuni holatiga koʻra GasTerra B.V.dan aprelda gaz yetkazib berganlik uchun toʻlovni Rossiya prezidentining 31 mart 2022 yildagi 172-farmoniga muvofiq olmadi”, - deyilgan xabarda.
Kuni kecha Niderlandiya kompaniyasi Rossiya gazi uchun toʻlovni rublda toʻlashdan bosh tortishini maʼlum qilgan edi. Shundan soʻng “Gazprom” uni 31 maydan gaz yetkazib berilmasdigi haqida xabardor qilgan.
Berlin va Rim kompaniyalariga gaz sotib olish uchun rublda hisob ochishga ruxsat berdi – OAV
Aprel oxirida “Gazprom” Bolgariya va Polshaga ular toʻlovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berish toʻliq toʻxtatgan edi. 21 may kuni esa Finlyandiyaga gaz yetkazib berish toʻxtatildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida doʻst boʻlmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Bu tartib 1 apreldan boshlab kuchga kirdi va toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.
“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada koʻrsatilgan valyutada hisob raqamiga toʻlovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablagʻ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0