https://sputniknews-uz.com/20220531/kop-kvartirali-uy-joylar-zilzilabardoshlik-boyicha-xatlovdan-otkaziladi-24897781.html
Koʻp kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi
Koʻp kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi
Respublikadagi seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarning interaktiv onlayn-xaritasi ishlab chiqiladi. 31.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-31T11:29+0500
2022-05-31T11:29+0500
2022-05-31T11:29+0500
jamiyat
zilzila
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/17/15662271_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_bcb924beb768ba4fd35655a917ad8523.jpg
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. 1 oktyabrdan respublikadagi koʻp kvartirali uy-joylar yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi. Bu prezident imzolagan PF–144-sonli farmonda nazarda tutilgan. Farmonga koʻra, 1 sentyabrdan respublikaning seysmik faol zonalarida yangi quriladigan xavflilik omili IV toifaga mansub obʼyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.Seysmik zaif ijtimoiy soha obʼyektlarining roʻyxati har yili 1 aprelgacha shakllantiriladi. Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.Xatlov natijasiga koʻra seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan uylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uylar quriladi. Bu boʻyicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kuzatiladi1 maydan suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.2022 – 2025 yillar davomida Andijon, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqiladi.1 apreldan suv omborlari toʻgʻonlarida seysmik xavfni oldindan prognoz qilish va baholash amaliyoti joriy qilinadi.Unga koʻra 1 fevralgacha:2023 yildan respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori boʻlgan seriyali qurilishi rejalashtirilgan yoki tanlab olingan bino va inshootlarda vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv oʻtkazib boriladi.-1 dekabrgacha respublikadagi barcha sunʼiy inshootlar (koʻpriklar, tonnellar, estakadalar, temir yoʻl koʻpriklari va boshqalar) xatlovdan oʻtkaziladi. Ularning yagona raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi.-2023 yil 1 martgacha respublikadagi barcha mavjud sunʼiy inshootlarning zilzilabardoshligi boʻyicha elektron texnik pasportlari shakllantiriladi.- shu yil 1 avgustgacha Suv xoʻjaligi vazirligida seysmologik kuzatuvni doimiy tashkillashtirish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.-aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng toʻgʻri harakat qilishga mustaqil oʻrgatish uchun moʻljallangan mobil ilova ishlab chiqiladi.2022/2023 oʻquv yilidan:-Namangan muhandislik-qurilish instituti va Fargʻona politexnika institutida “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi”taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;-Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Tarixiy obidalarning seysmik mustahkamligi” taʼlim mutaxassisligi ochiladi.Shuningdek, 1 dekabrgacharespublikadagi seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni oʻzida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn-xarita ishlab chiqiladi.Qolaversa, 2023 yil 1 avgustgacha seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/17/15662271_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_291dcb8d793da257786fa9c42a9d830e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
zilzila
Koʻp kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi
Respublikadagi seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarning interaktiv onlayn-xaritasi ishlab chiqiladi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. 1 oktyabrdan respublikadagi koʻp kvartirali uy-joylar yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi. Bu prezident imzolagan PF–144-sonli farmonda
nazarda tutilgan. Farmonga koʻra, 1 sentyabrdan respublikaning seysmik faol zonalarida yangi quriladigan xavflilik omili IV toifaga mansub obʼyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.
Seysmik zaif ijtimoiy soha obʼyektlarining roʻyxati har yili 1 aprelgacha shakllantiriladi. Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Xatlov natijasiga koʻra seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan uylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uylar quriladi. Bu boʻyicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kuzatiladi
1 maydan suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2022 – 2025 yillar davomida Andijon, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqiladi.
1 apreldan suv omborlari toʻgʻonlarida seysmik xavfni oldindan prognoz qilish va baholash amaliyoti joriy qilinadi.
Unga koʻra 1 fevralgacha:
zilzila natijasida toʻgʻon oʻpirilishi oqibatida suv bosishi mumkin boʻlgan respublika hududlarining vizual 3D modellarini ishlab chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimi joriy etiladi.
2023 yildan respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori boʻlgan seriyali qurilishi rejalashtirilgan yoki tanlab olingan bino va inshootlarda vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv oʻtkazib boriladi.
-1 dekabrgacha respublikadagi barcha sunʼiy inshootlar (koʻpriklar, tonnellar, estakadalar, temir yoʻl koʻpriklari va boshqalar) xatlovdan oʻtkaziladi. Ularning yagona raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi.
-2023 yil 1 martgacha respublikadagi barcha mavjud sunʼiy inshootlarning zilzilabardoshligi boʻyicha elektron texnik pasportlari shakllantiriladi.
- shu yil 1 avgustgacha Suv xoʻjaligi vazirligida seysmologik kuzatuvni doimiy tashkillashtirish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
-aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng toʻgʻri harakat qilishga mustaqil oʻrgatish uchun moʻljallangan mobil ilova ishlab chiqiladi.
-Namangan muhandislik-qurilish instituti va Fargʻona politexnika institutida “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi”taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
-Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Tarixiy obidalarning seysmik mustahkamligi” taʼlim mutaxassisligi ochiladi.
Shuningdek, 1 dekabrgacharespublikadagi seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni oʻzida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn-xarita ishlab chiqiladi.
Qolaversa, 2023 yil 1 avgustgacha seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.