Muzeylarga soat 22:00 gacha ishlash huquqi berildi - prezident qarori

© SputnikPosetiteli vistavki “Vasiy” (“Xranitel”) v Samarkandskom gosudarstvennom muzee-zapovednike
Posetiteli vistavki “Vasiy” (“Xranitel”) v Samarkandskom gosudarstvennom muzee-zapovednike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda muzeylar faoliyati - yangi zamonaviy muzey konsepsiyasi asosida ishlashga o‘tadi. Buning uchun Toshkent muzeylari xorijiy mutaxassislar yordamida rekonstruksiya qilinadi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistondagi davlat muzeylariga 1-iyuldan boshlab soat 22:00gacha ishlash huquqi beriladi. Bu haqida prezidentning “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.
Yangi qarorga ko‘ra muzeylar faoliyatida qo‘yidagi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda:
Muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid ekspozitsiyalar tashkil qilinadi;
Davlat muzeylarida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalari tashkil qilinadi;
Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlanadi va sotuvga chiqariladi;
Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlik kengaytiriladi;
2022 yil 1-iyuldan boshlab: davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha ishlash huquqi beriladi;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi binolarini (Turkiyalik malakali kompanini jalb etgan holda) zamonaviy rekonstruksiya qilinadi, raqamlashtiriladi va yangi ekspozitsiyalar yaratiladi;
Shuningdek, muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzildadi va uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
yangi zamonaviy muzey konsepsiyasini ishga tushirish,
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun quylaylik yaratish,
zamonaviy arxitektura va dizayn, lanshaft yechimlaridan foydalanish,
muzey ashyolarini ishonchli saqlash
turistlarga xizmat ko‘rsatish
Undan tashqari, 2023-yil 1-aprelga qadar:
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogini to‘liq shakllantirish va samarali yuritish;
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogida noyob muzey ashyolarining yuqori sifatdagi fotosuratlari va 3D ko‘rinishlarini joylashtirib, ularni monetizatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
Milliy muzey fondi davlat elektron katalogining madaniy boyliklarning xalqaro qidiruv tizimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektron xizmatlar ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Prezident qarori bilan, shuningdek, muzey kolleksiyalarini malakali mutaxassislardan yordamida to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda yiliga 100ga yaqin Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual targ‘ibot materiallari tayyorlash belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0