O‘zgidromet sel kelish xavfidan ogohlantirdi

© AFP 2023 / ROBYN BECKSelevoy potok
Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
2−4 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. 2−4 iyun kunlari respublikaning 9 ta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
2 iyun kuni O‘zbekistonning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida, 3−4 iyun kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
2−4 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli quyidagi hududlarda sel kelishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahri.
Xabarda tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0