Toshkentda milliy qo‘g‘irchoqlar festivali bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaInteryernaya uzbekskaya kukla
Interyernaya uzbekskaya kukla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
Festival doirasida hunarmand ustalar ishtirokida “Qo‘g‘irchoqlar bayrami” nomli ko‘rgazma-yarmarka tashkil etiladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Toshkentdagi Navro‘z bog‘ida, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, “Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Festival doirasida respublika hududlaridan kelgan hunarmand ustalar ishtirokida “Qo‘g‘irchoqlar bayrami” nomli ko‘rgazma-yarmarka bo‘lib o‘tadi.
Yarmarka 1-iyun kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Bolalar tomoshalari esa soat 18:00 dan boshlanadi.
Festivalda 100 nafar alohida ehtiyojli va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlari, madaniy dasturlar va ko‘ngilochar tomoshalar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning har bir hududida qo‘g‘irchoq yasashning o‘ziga xos uslubi shakllangan. Qo‘g‘irchoqlarning qahramonlari xilma-xil bo‘lib, ular ertak va xalq dostonlari qahramonlari hisoblanadi.
Milliy libos kiygan o‘zbek qo‘g‘irchoqlari nafaqat o‘yinchoq, balki interyerning qiziqarli, yorqin detali sifatida ham foydalanish mumkin bo‘lgan an’anaviy suvenirga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0