Yigirmadan ziyod turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi

© Sputnik / Evgeniya Novozhenina / Mediabankka o‘tishMaso, foto iz arxiva
Maso, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati 2023-yilga qadar go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i kabi jami 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona bojlaridan ozod etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilgacha 22 ta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash choralari yanada kengaytirilishini ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvarga qadar:
22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etiladi;
oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi;
davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.
Ta’kidlanishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytiriladi.
Viloyat hokimlariga o‘z hududida yetishmaydigan mahsulotlarni import qiluvchi tadbirkorlarga kredit berish, logistika va import qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda amaliy yordam ko‘rsatish topshirildi.
Avvalroq go‘sht, tirik hayvonlar (mol, qo‘y) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma hamda ularni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0