Dunyoda

Zelenskiy Erdogʻanga Putin bilan uchrashish istagini aytdi

CC BY 4.0 / Ofis prezidenta Ukrainы / Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy i prezident Turtsii Tayip Erdogan
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy i prezident Turtsii Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavushoʻgʻli: Zelenskiy Erdogʻanga Putin bilan uchrashish istagini aytdi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan telefon orqali suhbat chogʻida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli maʼlum qildi.
"Kechagina, muzokaralar chogʻida Zelenskiy Putin bilan uchrashish istagini bildirdi. Turkiya oʻz intilishlarini davom ettirmoqda", - dedi Chavushoʻgʻli “Anadolu” agentligi muharrirlarining savollariga javob berar ekan.
Shuningdek, Mevlut Chavushoʻgʻli Turkiya Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga qoʻshilmasligini bildirdi.
8 iyun kuni Sergey Lavrovning Turkiyaga tashrifi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0