AQSh Rossiya aktivlarini musodara qilish oqibatlaridan qo‘rqadi - OAV

© Sputnik / Maksim BlinovGosudarstvenniy flag SShA u amerikanskogo posolstva v Moskve.
Gosudarstvenniy flag SShA u amerikanskogo posolstva v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
Bayden ma’muriyati agar Vashington Rossiya Markaziy banki aktivlarini musodara qilsa, boshqa davlatlar AQShni “investitsiyalarni saqlaydigan ishonchli mamlakat” sifatida ko‘rmaydi, deb qo‘rqadi.
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainani tiklashga o‘tkazish masalasida bir to‘xtamga kela olmadi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarining musodara qilinishi Vashingtonning boshqa davlatlar nazarida “ishonchli sarmoyaviy hamkor” maqomiga putur etkazishidan qo‘rqadi.
“Jo Bayden ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari bu mablag‘larning olib qo‘yilishi noqonuniy bo‘lishi va boshqa mamlakatlarning investitsiyalarni o‘z ichiga olgan davlat sifatida AQShga tayanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi”, - deya yozadi gazeta.
Qayd etilishicha, Ukrainani qayta tiklash uchun muzlatilgan aktivlarni o‘tkazish haqida e’lon qilayotgan boshqa Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, Qo‘shma Shtatlar bu masalada “ancha ehtiyotkorroq”.
“Rossiya aktivlarini musodara qilish “Katta yettilik” mamlakatlari vakillarining may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi, bu g‘oya Germaniya va Kanada tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, o‘tgan hafta Estoniya, Latviya, Litva va Slovakiya Moliya vazirlari Yevropa Ittifoqini muzlatilgan Rossiya aktivlarini Kiyevga o‘tkazishga chaqirishgan. Biroq, Qo‘shma Shtatlar bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda”, - deb yozdi NYT.
AQShning qator rasmiylari “bunday qadamdan so‘ng bir qator davlatlar o‘z aktivlarini boshqa valyutalarga yo‘naltiradi”, deb hisoblamoqda.
Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya aktivlarining faqat bir qismi Qo‘shma Shtatlarda saqlanadi.
Avvalroq, Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri jurnalisti sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatishga majburlash uchun kiritilgan sanksiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Yangiliklar lentasi
0